Eʼzozxon Isroilova (1923-yil, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – ?) – paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1946), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati.

Tarjimayi holi Eʼzozxon Isroilova 1923-yil Izboskan tumani, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻida tavallud topgan. 1965-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Izboskan tumanidagi „Oʻzbekiston“ (sobiq „Kommunizm“) kolxozida brigada boshligʻi (1941—1945), rais (1945—1965), 1965-yildan Izboskan tumanidagi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh agronomi boʻlib ishlagan. Isroilova rais boʻlgan kolxozda paxta maydoni 150 gektardan 1550 gektarga kengaygan, paxta hosildorligi gektariga 13 sentnerdan 36 sentnerga oshgan. 2—6-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1966-yillar) etib saylangan.

1989-yil 13-fevralda vafot etgan.

Farzandlari: Mirzakomil, Fotimaxon, Husanboy, Yoqutxon.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:Kolxoz raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar