Wang Shenchao () ( 1989-yil 8-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai SIPG“ jamoasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Wang Shenchao oʻz futbolchilik faoliyatini 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan va 2006-yilgi mavsumda Shanghai SIPGning asosiy jamoasi tarkibiga kiritilgan. 2007-yilgi mavsumda „Shanghai“ ikkinchi divizionga koʻtarilgan. Wang Shenchao quyi ligadagi ajoyib harakatlari tufayli klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan. U 2011-yilning yanvarida Wang Jiayu „Nanchan Hengyuan“ga oʻtganidan keyin klub sardori boʻlgan. Wang 2011-yilgi mavsumdan soʻng „Shanghai Shenxin“ga oʻtishga yaqin boʻlgan, ammo Nanchanliklar safida qolishga qaror qilgan. U 29 liga oʻyinida maydonga tushgan va 2012-yilgi mavsumda uchta gol urgan, oʻsha mavsumda Shanghai ikkinchi divizion liga chempionligini qoʻlga kiritgan va keyinchalik yuqori ligaga koʻtarilishgan.

Xalqaro faoliyati Wang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilning 7-iyunida Filippin terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bu oʻyinda Xitoy terma jamoasi Fillipinliklarni 8:1 hisobida magʻlub etishgan. 2018-yilning 26-may kuni u Myanmaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida paypog‘idan bo‘yinbog‘ yasab, taqib yurgani kameraga tushib qolgan. Shu qilgan ishi tufayli 2018-yilning 12-iyunida u Xitoy terma jamosi tarkibidan bir yilga diskvalifikatsiya qilingan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai SIPG2006Xitoy Ikkinchi Ligasi - - -2007 - - -2008Xitoy Birinchi Ligasi240 - - -2402009242 - - -2422010240 - - -240201125221 - -273201229310 - -3032013Xitoy Super Ligasi29010 - -300201430200 - -302201528020 - -30020162411090 -341201729180111 -48220182523080 -362201925130931138520201930060 -253Jami335172114341140023Karyerada jami335172114341140023

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2017 4 0 2018 3 0 2019 1 0 2020 0 0 2021 9 0 2022 2 0 Jami 19 0

Yutuqlar

Klub Shanghai SIPG

Xitoy Superligasi : 2018 Xitoy Birinchi ligasi : 2012 Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil Xitoy FA Superkubogi : 2019

Shahsiy yutuqlar

Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2017-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar