Wang Dalei () (1989-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Oʻn yetti yoshda boʻlishiga qaramay, Van Daley futbolchilik faoliyatini " Shanghai United "da boshlagan va 2006-yilning 11-martida „Inter Xian“ga qarshi oʻyinda (1:1) klubdagi debyutini oʻtkazgan. Bu natija uni Xitoy futboli tarixidagi eng yosh professional darvozabonga aylantirgan. U tezda oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatib, jamoaning asosoiy oʻyinchisiga aylangan. Wangga A Seriyaning „ Internasionale“ jamoasi qiziqish bildirgan va uni yozgi taʼtilda ular bilan mashgʻulotlarga taklif qilishgan. Wang Shanghaiga qaytib kelgan va u yerda klubning asosiy darvozaboni boʻlib, 2006-yilgi mavsum oxirida debyut mavsumida 22 oʻyinda maydonga tushgan. 2006-yilda Wang Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Keyingi mavsumda „Shanghai United“ „Shanghai Shenhua“ bilan birlashgan va Wang sezilarlikatta jamoaning birinchi darvozaboni boʻlish uchun kurashishga majbur boʻlgan. 2007-yilgi mavsum oxirida Premer-liga vakili „Manchester City“da bir qancha shanxaylik futbolchilar bilan birga sinovdan oʻtishga chaqirishgan. Ligadagi tanaffus paytida Wang Eredivisie vakili PSV Eindhovenda sinovdan oʻtgan, ammo bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Wang klubning mavsumoldi oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan va u Qiu Shengjiongga birinchi raqamli darvozabon rolni boy bergan. 2010-yilgi mavsumda oʻsha paytdagi bosh murabbiy Miroslav Blaževichning qarori bilan Wang yana klubning birinchi darvozaboni etib tayinlangan, ammo Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqiruv olganligi tufayli u mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan.

2013-yilgi ajoyib mavsumdan soʻng, Wang 2014-yil 1-yanvarda Xitoy Superligasi jamoasi „Shandong Lunen“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 7-martida Harbin Yitengga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U Shandong jamoasi bilan 2014-yilda Xitoy FA kubogini qo‘lga kiritgan va 2014-yil noyabrida Xitoy futbol assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi darvozaboni“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Xalqaro faoliyati Wang Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida 2004-yilgi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan va 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir necha bor mashgʻulot oʻtkazgan. Biroq, u yakuniy tarkibdan chetlatilgan, chunki u oʻz oʻrnini Qiu Shengjiongga boy bergan. Shunga qaramay, Wang 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida jamoadagi oʻrnini qoʻlga kiritgan. Ammo, 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi tarkibida Yaponiyaga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻlishgan.

Wang Xitoy terma jamoasiga ilk bor 2006-yilning may oyida Shveysariya va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan. U terma jamoadagi debyutini olti yil o‘tib, 2012-yilning 6-sentyabrida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan va ajoyib o‘yinidan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai United2006Xitoy Super Ligasi21010 - -220Shanghai Shenhua2007120 -40301902008220 - - -2202009140 -00 -1402010150 - - -15020112100030 -240201229020 - -310201328000 - -280Jami14102070301530Shandong Luneng2014Xitoy Super Ligasi2906060 -4102015300406010410201629010110 -410201730020 - -320201821040 - -25020192605070 -38020205020 - -70202120010 - -210Jami1900250300102460Karyerada jami3520280370404210

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2012 2 0 2013 2 0 2014 5 0 2015 13 0 2016 1 0 2017 3 0 2018 0 0 2019 1 0 Jami 27 0

Yutuqlar

Klub Shanghai Shenhua

A3 Chempionlar Kubogi : 2007-yil

Shandong Luneng

Xitoy Superligasi : 2021 Xitoy FA kubogi : 2014 2020 2021 Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar