„Call Out My Name“ — kanadalik mashhur qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning My Dear Melancholy nomli birinchi mini-albomining singli boʻlib, 2018-yil 30-martda chiqarilgan. Qoʻshiq 2018-yil 10-aprelda AQShda radio toʻlqinlarida uzatilgan.

Tijoriy muvaffaqiyati The Weekndning „Call Out My Name“ treki Spotify platformasida 2018-yilda chiqarilgan har qanday qoʻshiqlar orasida eng koʻp tinglovlarini qoʻlga kiritgan 1-musiqaga aylangan. Qoʻshiq Apple Music ilovasiga yuklanganidan soʻng birinchi kunidayoq 6 million marta eshitilgan. „Call Out My Name“ qoʻshigʻi AQShning Billboard Hot 100 chartlarida 2018-yil 14-aprel sonidagi roʻyxatida 4-oʻrinda debyut qilgan. Undan tashqari „Call Out My Name“ treki koʻplab xit paradlarda, jumladan, Avstraliyaning ARIA chartlarida yuqori 3-oʻrinni, Kanadaning Top 40 chartlarida 1-da shuningdek, Gretsiyaning IFPI, Malayziyaning RIM, Slovakiyaning Singles Digital Top 100 xit paradlari roʻyxatida 1-oʻrinlarni egallagan. 2020-yil mart oyi holatiga koʻra, qoʻshiq AQShda 3 000 000 nusxada sotilgan.

Musiqa klipi Klip asosan qora-kulrang fonlarda olingan. Klip boshlanishida The Weekend sahar paytida chiroq ustuniga suyangancha qoʻshiq kuylashni boshlaydi. Klipda yomgʻir yogʻish hamda boshqa turli yorqin boʻlmagan sahnalari aks ettirilgan. 2018-yilning 2-aprelida The Weeknd klipi turli televideniye koʻrsatuvlarida chiqarilgan. 2018-yil 30-martda The Weeknd Spotify ilovasida oʻzining sahifasida vertikal video yuklagan. Qo‘shiqning rasmiy klipi 2018-yil 12-aprelda rejissyor Grant Singer tomonidan ommaga namoyish etilgan.

Chartlar 2018-yil Eng yuqori pozitsiya Gretsiya (IFPI) 1 Irlandiya (IRMA) 5 Italiya (FIMI) 40 Lebanon (OLT20) 6 Malayziya (RIM) 1 Mexico Airplay (Billboard) 21 Romaniya (Airplay 100) 5 Rossiya (Tophit) 89 Singapur (RIAS) 10 Ispaniya (PROMUSICAE) 57 AQSh Billboard Hot 100 4 Manbalar

Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:2018-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:XO (yozuv leybli) singllari