Dale Carnegie (; ruschadan kirib kelgan talaffuzi Deyl Karnegi; 1922-yilga qadar Carnagey deb yozilgan; 24-noyabr 1888-yil – 1-noyabr 1955-yil) – amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi, ruhlantiruvchi notiq. Carnegie oʻz-oʻzini takomillashtirish, samarali muloqot qilish qobiliyati, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqqanhttps://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-nasri-onlayn-antologiyasi/deyl-karnegi-1888-1955-aqsh. Shuningdek, muloqotga kirishish nazariyasiga asos solgan.
Carnegie yozgan „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ () (1926), „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ () (1936) hamda „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ asarlari unga katta shuhrat olib kelgan. Bu kitoblar dunyoning koʻplab tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.
Hayoti Dale Carnegie 1888-yil 24-noyabrda Missouri shtatidagi Maryville shahrida qashshoq fermer oilasida tugʻilgan. U fermerlar James William Carnagey (1852–1941) va uning rafiqasi Amanda Elizabeth Harbisonning (1858–1939) ikkinchi oʻgʻli edi. Carnegie Maryvillening janubiy-sharqidagi Bedison atrofida ulgʻaygan va Rose Hill va Harmony bir xonali qishloq maktablarida oʻqigan. Carnegie Maryville muallifi Homer Kroy bilan uzoq yillik doʻst boʻlgan.
1904-yilda, 16 yoshida, uning oilasi Missouri shtatining Warrensburg shahridagi fermaga koʻchib oʻtgan. Yoshligida u omma oldida nutq soʻzlashni yaxshi koʻrgan va oʻz maktabining debat jamoasiga qoʻshilgan . Oʻrta maktabda uning turli Chautauqua assambleyalaridagi nutqlarga qiziqishi ortgan. Oʻrta maktabni 1906-yilda tugatgan.
Carnegie Warrensburgdagi Davlat oʻqituvchilar kollejida oʻqigan. 1908-yilda lotin tilidan imtihon topshirmay kollejni tashlab ketgan, lekin ayni paytda oʻqituvchi boʻlishga qaror qilgan.
Cornegiening kollejdan keyingi birinchi ishi chorvadorlarga sirtqi kurslarda dars berish boʻlgan. Shu bilan birga savdo-sotiq ishlari bilan ham shugʻullangan. Armour & Company uchun bekon, sovun va choʻchqa goʻshti sotganhttps://www.nytimes.com/section/learning. U Nebraskaning Janubiy Omaha shahrini oʻzining savdo hududiga aylantirib, kompaniyaning milliy yetakchisiga aylangan. Dale 1911-yil oʻz maqsadiga erishish uchun savdo-sotiq ishlarini toʻxtatgan.
1922-yilda Carnegie familiyasini Carnageydan Carnegiega oʻzgartirgan. U buni PR maqsadida qilgan boʻlishi mumkin, chunki oʻsha paytda millioner tadbirkor Andrew Carnagey (Dale kitoblarida qayta-qayta tilga olingan va iqtibos keltirgan) hammaga tanish edi. Carnegie 1947-yilda „Jiggs and Maggie in Society“ filmida rol oʻynagan. Carnegie 1955-yil 1-noyabrda New Yorkdagi Forest Hillsdagi uyida limfogranulematoz kasalligidan 66 yoshida vafot etgan. Yozuvchi Belton shahrida dafn etilgan.
Kitoblari „Notiqlik san’ati“, (Joseph Berg Esenwein bilan) (, with Joseph Berg Esenwein) (1915) „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ () (1926) „Mashhur kishilar hayotidan noʼmalum sahifalar“ () (1934) „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ () (1936) (muallif hayotligi paytida 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan) „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ () (1948) „Omma oldida nutq soʻzlash orqali oʻziga ishonchni qanday oshirish va odamlarga taʼsir oʻtkazish“ () (1956)
Manbalar
Havolalar Dale Carnegie Training The Art of Public Speaking (full text) „Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplami Oʻzkitob saytida
Turkum:Dale Carnegie Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:1888-yilda tugʻilganlar