Buolma Joʻrayeva (1935-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — yigiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS a'zosi (1965).

Tarjimayi holi 1935-yili Toshkent viloyatida tavallud topgan. Ulugʻ Vatan urushida bolalar uyida tarbiya topganidan soʻng, mehnat faoliyatini 1951-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatida toʻquvchilikdan boshlagan. Dastlab Buolma Joʻrayeva toʻquvchi-yoshlar komsomol brigadasida ishlagan. 1970-yilda Buolma Joʻrayeva shaxsiy sotsialistik majburiyatlarini va sakkizinchi beshyillik (1966—1970) rejasida ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajargan, koʻplab malakali toʻquvchi kadrlar yetishtirgan. Mukofotlari „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (1971-yil 4-aprel); Lenin ordeni (1966); Oktabr Inqilobi ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

„Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi (21.01.1983) „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi (11.05.1971) „Krugozor“ jurnali №9 (162) 1977-yil

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent viloyatida tugʻilganlar