Shoxruz Norxonov (, 1993-yil 13-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati Faoliyatini Oqtepa jamoasida boshlagan. Shoxruz Norxonov faoliyati Toshkentning Obod klubi orqali tanilgan. Obod klubida 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasida (hozirda Oʻzbekiston Superligasi) 43 ta oʻyin oʻtkazib 17 gol urgan xolda klub toʻpurari boʻlgan. 2017-yil Bunyodkor klubi bilan shartnoma tuzgan. 2018-yil Jizzaxning Soʻgʻdiyona jamoasi safiga oʻtgan. Jizzax klubi tarkibida besh mavsumida oʻynagan. Bu davrda Oʻzbekiston Superligasida 129 ta oʻyinda ishtirok etib 45 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yili yozgi transfer oynasi vaqtida Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtgan. 2024-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Klublar boʻyicha Osiyo kuboklarida Klublar oʻrtasidagi Osiyo kuboklaridagi debyutini Soʻgʻdiyona jamoasi tarkibida OFK kubogida amalga oshirdi. Bugungacha OFK kubogida 5 ta uchrashuvda 4 ta gol muallifi boʻlgan.
Xalqar maydon Shoxruz Ilk bor terma jamoaga 2016-yil Jahon chempionati 3-saralash bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan.
Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin sohibi: (2) 2017, 2021
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2015-yil
Manbalar
Havolalar
Shoxruz Norxonov Transfermarkt saytida
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Istiqlol Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari