Davit Modzmanashvili (; 1986-yil 9-noyabrda tugʻilgan, Tbilisi) — gruzinyalik va oʻzbek erkin kurashchisi, Osiyo chempioni, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, shuningdek, jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori.

Tarjimai holi 1986-yilda Tbilisida tugʻilgan. 2008-yilda finalda Devid Musulbesni magʻlub etib, Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan, ammo doping qabul qilganlikda ayblanib, mukofotdan mahrum qilingan. 2011-yilda jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2012-yilda Yevropa chempionatida bronza, London Olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2019-yilda doping uchun diskvalifikatsiya qilingan va Olimpiada kumush medalidan mahrum qilingan.

2017-yildan buyon Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda. 2017-yilda yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalar boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan. 2018-yilda Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Manbalar

Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:9-noyabrda tugʻilganlar