Denis Zdoʻrikov (1983-yil 4-mayda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati sovrindori.
Tarjimai holi 1983-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon yoshlar oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Besh marta Osiyo chempionatida qatnashib, shohsupaga yaqinlashgan boʻlsa-da, faqat 2006-yilda bronza medalini qoʻlga kirita olgan. Xuddi shu 2006-yilda u nufuzli xalqaro turnir — Deyv Shults xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib boʻlgan. Uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan, ammo yuqori natijalarga erisha olmagan.
Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:4-mayda tugʻilganlar