Reiss Luke Nelson (1999-yil 10-dekabrda tugʻilgan) - angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing "Arsenal" klubida qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi.

Bolaligi va shaxsiy hayoti Nelson Londonning Elephant and Castle shahrida tugʻilgan otasi zimbabvelik, onasi ingliz. U Walworthdagi Aylesbury Estateda oʻsgan va London Nautical Schoolda oʻqigan. U yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda toʻqnash kelaverganidan soʻng, yaqin atrofda yashovchi hamkasbi Jeydon Sancho bilan doʻstlashdi.

Jamoalardagi faoliyati

Arsenal Nelson toʻqqiz yoshida "Arsenal" akademiyasiga qoʻshildi va yoshlar murabbiylarida katta taassurot qoldirgani sababli muntazam ravishda oʻz yosh guruhidan yuqori jamoalarga koʻchib oʻtdi. U 2016-17-yilgi mavsumda "Arsenal" yoshlar jamoasiida 35 ta, shu jumladan U-21 jamoasida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan. Yoshlar jamoalaridagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, u 2016-yil 10-dekabrda, 17 yoshga toʻlgan kuni "Arsenal" bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Arsen Venger Nelsonni 2017—2018-yilgi mavsumoldi yigʻin uchun tarkibga kiritdi.

2017–18: asosiy jamoadagi debyut 2017-yilning 19-iyulida Nelson 2017-yilgi Xalqaro Chempionlar Kubogi mavsumoldi oʻyinida “Bavariya”ga qarshi oʻzining birinchi katta oʻyinini oʻtkazdi. U "Arsenal"ning "Community Shield" jamoasida "Chelsi" ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda birinchi oʻyinini oʻtkazdi va mazkur bahsda "Arsenal" penaltilar seriyasida 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2018–19: Hoffenheim 1899 (ijara) link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/ba/ReissNelson.jpg/170px-ReissNelson.jpg|thumb| Nelson "Hoffenheim 1899" libosida (2019) 2018-yilning 31-avgustida Nelson “Arsenal” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, soʻngra Germaniyaning “Hoffenheim 1899" klubiga 500 ming yevro evaziga bir mavsumga ijara asosida koʻchib oʻtdi. 2018-yilning 15-sentyabrida jamoa “Fortuna Dyusseldorf” mehmoni boʻlib, Nelson 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 14 daqiqa ichida raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsda klubiga dalda beruvchi gol muallifiga aylandi. Reiss "Hoffenheim 1899" tarkibida ajoyib mavsum oʻtkazdi, yosh boʻlishiga qaramay, atigi 587 daqiqa oʻynab, 7 ta gol urdi.

2021–22: Feyenoord (ijara) 2021-yilning 31-avgustida Nelson 2021-22-yilgi mavsumda Eredivisiening “Feyenoord” jamoasiga ijara asosida qoʻshilish uchun Gollandiyaga koʻchib oʻtdi. Nelson oʻzining jarohat davridagi birinchi golli uzatmasini 2021-yil 7-noyabrda AZ Alkmaarga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushganidan soʻng amalga oshirdi.

Xalqaro maydonda Nelson 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha darajadagi Angliya yoshlar jamoalarida toʻp surgan.

Karyera statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami Divizion OʻyinGol OʻyinGol OʻyinGol OʻyinGol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Arsenal 2017–18 Premyer-liga 3 0 1 0 3 0 8 0 1 0 16 0 2019–20 17 1 2 1 1 1 2 0 — 22 3 2020–21 2 0 1 0 1 0 4 1 1 0 9 1 2021–22 1 0 0 0 0 0 — — 1 0 Jami 23 1 4 1 5 1 14 1 2 0 48 4 Hoffenheim 1899 (ijara) 2018–19 Bundesliga 23 7 1 0 — 5 0 — 29 7 Feyenoord (ijara) 2021–22 Eredivisie 21 2 1 0 — 10 2 — 32 4 Karyera jami 67 10 6 1 5 1 29 3 2 0 109 15

Sovrinlar Arsenal

Angliya kubogi: 2019–20 FA Communnity Shield: 2017, 2020

Feyenoord

UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2021–22

Individual

17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2016 Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2018-yil oktyabr

Manbalar

Havolalar

Reiss Nelson at the Arsenal F.C. website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:TSG 1899 Hoffenheim futbolchilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar