Shohira Raufboyeva (1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek kinoshunosiFransiyadan maxsus: Kann festivalida kino yulduzlariga selfi tushish taqiqlandi, kinojurnalisitAnimatsion forumga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, blogeri, teleboshlovchisiToshkentdagi notarial idora maʼlumotnoma berish uchun fuqaroni 3 kun sarson qildiFransiyadan maxsus: Kann festivalida kino yulduzlariga selfi tushish taqiqlandi„Scorpion“ filmida turk aktyori Murat Yildirim suratga tushmoqda, ssenaristuzuk / Sexrli uzuk (2008) va „CinemaTop-2020“ „Eng faol kinojurnalist“ mukofoti sohibi100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi.

Shaxsiy hayoti Shohira Hamrayevna Raufboyeva 1967-yil 5-oktabrda Navoiy viloyati (ilgari Buxoro) Karmana shahrida Hamro Tilavov va Mastura Tilavovalar olilasida dunyoga kelgan. 1984-yilda oʻrta maktabni tugatib, 1989-yilda Toshkent davlat unversitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatgan. Hozirda uning 4 nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati 1990—1993-yillari Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi kino koʻrsatuvlar bosh muharririyatining muharriri.

1993—1994-yillari „Hilol-TV studiya“ ochiq aksiyadorlik jamiyati muharriri.

1994—2006-yillari Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Kinodasturlar bosh muharririyati muharriri, „Maʼnaviyat“ studiyasi katta muharriri.

2006—2013-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Oʻzbekiston“ teleradiokanali davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston“ telekanali „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlar“ bosh muharririyati „Qadriyat“ boʻlimining katta muharriri.

2013—2015-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyatining katta muharriri.

2015—2016 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

2016—2017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Maʼnaviy-tarbiyaviy dasturlar“ muharririyatining 1-toifali muharriri.

2017—2019-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi Ijodiy-ishlab chiqarish xizmati „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyatining katta muharriri.

2019—2021 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Oʻzbekiston tarixi“ telekanali „Tezkor dublyaj“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari

2021— 2022-Kasaba uyushmalari federatsiyasining „Ishonch“ media markazi rahbari.

2022-2023 Oʻzbekiston Resbuplikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentigi qoshidagi „Kino sanʼati“ tahririyati bosh muhariri

27.11.2023-yildan boshlab Navoiy viloyati matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

Mukofotlari 2009-yilda kinoteatr koʻrsatuvi „Yilning eng yaxshi teleloyihasi“ sifatida eʼtirof etilib, M&MTVA mukofotiga sazovor boʻldi.

2020-yil „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimi doirasida kinoijodkorlar qatorida Shohira Raufboyeva — „Eng faol kinojurnalist“ mukofotini olgan100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi

2021-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi koʻkrak nishoni sohibi„OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI“ ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANADIGANLAR ROʻYXATLARINI TASDIQLASH VA ULARNI TOPSHIRISH TOʻGʻRISIDA

2022-yil Madaniyat va sanʼat fidokori koʻkrak nishoni sohibi„Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar.

Tanqidlar Raufboyeva 2023-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabovga „Kinematografiya fidokori“ koʻkrak nishonini topshirgani uning uyiga borgan. Uning ruxsatisiz videotasvirga olib, ogʻir ahvolda ekanligini ommaga eʼlon qilgan. Videomaterial Raufboyevaning ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchrashiga sabab boʻlgan. Bir necha taniqli aktyorlar Rajabovning ahvoli ogʻir emasligini taʼkidlashgan, lekin koʻp oʻtmay Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan soʻng 74 yoshida vafot etdi va jurnalistning aktyor haqidagi video maʼlumot oʻz tasdigʻini topdi

Manbalar

Havolalar Shohira Hamro youtube kanali Facebookdagi sahifasi instagram sahifasi

Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:O‘zbekistonlik jurnalist ayollar Turkum:Yashayotgan insonlar