Grace Lau Mo-sheung Shaxsiy maʼlumotlarOʻz tilidagi ismi — 劉慕裳Tugʻilishi — (1991-10-19) 19-oktyabr 1991-yil (age 30) SportDavlat — HongkongSport turi — KarateQoʻshimcha — Individual kata<div class="mw-collapsible " style="text-align:center; font-size:95%"> Medallar Ayollar karatesiVakillik link=|alt=|border|23x23px Hong Kong Olimpiada oʻyinlarilink=|16x16px|Bronze medal — third place 2020-yil TokyoIndividual kata Jahon chempionatilink=|16x16px|Bronza medal — 3-oʻrin 2018-yil MadridIndividual katalink=|16x16px|Bronza medal — 3-oʻrin2021 DubaiIndividual kata Jahon oʻyinlarilink=|16x16px|Bronze medal — 3-oʻrin 2022-yil BirminghamIndividual kata Osiyo oʻyinlarilink=|16x16px|Bronza medal — 3-oʻrin 2018-yil JakartaIndividual kata Osiyo Chempionatilink=|16x16px|Silver medal — second place 2015-yil YokohamaIndividual katalink=|16x16px|Silver medal — second place 2019-yil ToshkentIndividual katalink=|16x16px|Bronze medal — third place 2018-yil AmmanIndividual katalink=|16x16px|Bronze medal — third place 2021-yil OlmotaIndividual kata Jahon plyaj oʻyinlarilink=|16x16px|Bronze medal — third place 2019-yil DohaIndividual kata Greys Lau Mo-sheung (1991-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — gonkonglik karatechi. U Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining karate boʻyicha ayollar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. U karate boʻyicha Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi Gonkong sportchisi hisoblanadi. Shuningdek, Grace Lau karate boʻyicha Jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari va Jahon plyaj oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi karate boʻyicha individual bahslarda bronza medali sovrindori hisoblanadi. U karate boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrt karra sovrindori hamdir.
Sportdagi faoliyati Grace Lau 2015-yili Yaponiyaning Yokogama shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatining kata boʻyicha ayollar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medallaridan biriga sazovor boʻldi. Oʻsha yili u Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha bronza medali sohibi boʻldi.
Grace Lau 2015, 2018 va 2019-yillarda karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha yakkalik bahslarida kumush medalga egalik qildi.
2020-yilda Grace Lau Tokio (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gonkong nomidan qatnashish huquqiga ega boʻldi. U ayollar oʻrtasidagi karate bahslarida turkiyalik Dilara Bozanni 26,94 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi. Grace Lau, shuningdek, yopilish marosimida Gonkongning bayroqdori ham boʻlgan. Olimpiadadan bir necha oy oʻtgach, u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha yakkalik bahslarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi. Oradan bir oy oʻtib Qozogʻistonning Olmaota shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi.
Grace Lau 2022-yilda AQShning Birmingham shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Yutuqlar Yil Musobaqa Joy Daraja Tadbir 2015-yil Osiyo chempionati Yokogama, Yaponiya 2 Individual kata 2018 Osiyo chempionati Amman, Iordaniya 3 Individual kata Osiyo oʻyinlari Jakarta, Indoneziya 3 Individual kata Jahon chempionatlari Madrid, Ispaniya 3 Individual kata 2019 Osiyo chempionati Toshkent, Oʻzbekiston 2 Individual kata Jahon plyaj oʻyinlari Doha, Qatar 3 Individual kata 2021-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 3 Individual kata Jahon chempionatlari Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 3 Individual kata 2021-yil Osiyo chempionati Olmaota, Qozogʻiston 3 Individual kata 2022 Jahon oʻyinlari Birmingem, Amerika Qoʻshma Shtatlari 3 Individual kata
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Karatechi ayollar