Kalliopi "Kelly" Arauzou (1991-yil 6-martda tugʻilgan) - yunon suzuvchisi. U ochiq suvmusobaqalarida qatnashadi.
Sportdagi faoliyati Kalliopi Araouzou 1991-yil 6-martda Gretsiyaning Marousi shahrida tugʻilgan
2010-yilda Kalliopi Araouzou jamoadoshlari Spyridon Gianniotis va Antonios Fokaidis bilan birga Balatonfuredda boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq suv chempionatida jamoaviy hisobda oltin medalni qoʻlga kiritdiSwimming - European Open Water Championships 2010 Team event. U xuddi shu turnirda ayollar oʻrtasida 5 km masofaga suzish bahslarida Yekaterina Seliverstovadan ortda qolib, kumush medalni qoʻlga kiritdiSwimming - European Open Water Championships 2010 Women's 5km Open water.
Kalliopi Araouzou 2011-yilda Setubalda boʻlib oʻtgan Jahon kubogi musobaqasida 10 km masofaga suzishbahsda bronza medaliga sazovor boʻldiSwimming - Marathon Swimming World Cup Setubal 2011. Yana ikkita kumush medalini 2012-yilda Piombinoda boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq suv chempionatida 5 km individual va jamoaviy suzish musobaqalarida Marios Kalafatis va Georgios Arniakos bilan birga qoʻlga kiritildiSwimming - European Open Water Championships 2012 Women's 5km Open WaterSwimming - European Open Water Championships 2012 Team event.
Kalliopi Jahon chempionatidagi birinchi medalini 2013-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha Jahon chempionatida jamoaviy hisobdagi natijalarga koʻra qoʻlga kiritgan. Bu safargi oʻyinlarda ham jamoadoshlari Spiridon Janniotis va Antonios Fokaydis bilan birga kumush medal sohibi boʻladi2013 FINA World Aquatics Championships Open Water Team Event.
2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Kalliopi Araouzou ayollar oʻrtasida ochiq suvda 10 km masofaga suzish bahslarida qatnashgan. U 1:57:31,6 natija bilan 11-oʻrinni zabt etgan.
2019-yilda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida 5 km va 10 km masofaga suzish musobaqalarida ishtirok etdi. 5 km musobaqasida u 19-oʻrin va 10 km lik bahslarda 37-oʻrinni egalladi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol suzuvchilar