Tara Lin Mounsey (; 1978-yil 12-martda tugʻilganTara Mounsey, United States Olympic Committee. Accessed November 18, 2007.) — amerikalik sportchi, xokkey boʻyicha AQSh ayollar olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medal va 2002-yilda Salt Lake City shahrida (Yuta shtati) qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mounsey New-Hampshire shtatidaning Concord shahridagi Concord oʻrta maktabida xokkey oʻynaganLessels, Allen. „SHEʼS SIMPLY THE BEST HARDEST THING FOR MOUNSEY IS NAMING A SPORT SHE DOESNʼT LIKE“ , The Boston Globe, December 10, 1995. Accessed November 18, 2007. „Tara Mounsey, a lover of challenges and an All-Everything athlete at Concord High School, had to think for a moment.“.

Mounsey Brownn universitetida oʻynashni davom ettirdi, u yerda ikki sport turi: shaybali xokkey va chim ustida xokkeyi bilan shugʻullandi. 1997—1998-yilgi mavsumda Tara Mounsey qishki Olimpiya oʻyinlariga eʼtibor qaratish uchun kollej xokkeyidan tanaffus oldi. Oʻyinlarda u ikkita gol va toʻrtta golli uzatma qayd etdi, bu esa AQSh terma jamoasi himoyachilari orasida birinchi oʻrinni egallashiga olib keldi. Tara va uning jamoadoshlari Kanadani 3-1 hisobida magʻlub etib, ayollar xokkeyida birinchi Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi. Ular sportning kelajak avlodlar uchun mashhurligini oshirishga hissa qoʻshdi.

Muz usti xokkeyidan tashqarida, Mounsey chim usti xokkeyida ham muvaffaqiyatga erishdi. Atigi ikki mavsum chim ustida xokkey oʻynab, u Brownning chim ustida xokkey jamoasida ochkolar va gollari boʻyicha yetakchisi va golli uzatmalar boʻyicha sakkizinchi oʻrinni egasi boʻldi.

Bugungi kunda Mounsey Massachusetts shtatidagi New England Baptistlar kasalxonasida amaliyotchi hamshira boʻlib ishlaydi.

Mukofot va unvonlari

1996-yil NHIAA yilning eng yaxshi xokkeychisi Ayvi yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi (1996) ECAC yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi (1996) Birinchi jamoa All-Ivy ligasi (1996, 1998, 2000) Birinchi Amerika jamoasi (2000) 1998-yil Olimpiyada oltin medali sovrindori Xokkey boʻyicha butun dunyo Olimpiya jamoasi (1998, 2002) 2002-yil Olimpiada kumush medali sovrindori 2002-yil Olimpiada xokkeyida eng koʻp golli uzatma (W) 2009-yil AQSh xokkey shon-sharaf zali 2011 Brown shon-sharaf zali (xokkey va chim ustida xokkey) 2018 NHIAA shon-sharaf zali 2019 AQSh Olimpiya va Paralimpiya shon-sharaf zali Patty Kazmaier mukofoti finalchisi: 1999, 2000

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar