Denise Bouah ( 1980-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — ilgari Denise Frick nomi bilan tanilgan janubiy afrikalik ayol shaxmatchi, xalqaro ayol usta unvoniga ega.
Hayoti 2003-yilda Denise Frick ayol FIDE ustasi (WFM) boʻldi, 2004-yilda esa ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 2005-yilda Keyptaunda u Janubiy Afrika Respublikasi ayollar shaxmat chempionatida gʻoliblikkka erishdi. U Lusakada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2011-yilda Maputo shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida Denise Frick bronza medalini qoʻlga kiritdi (ikkinchi medal). 2012-yilda Xanti-Mansiyskda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qildi, u yerda birinchi bosqichda Humpy Koneruga yutqazib qoʻydi 2014-yilda Vindxukda u Afrikaning FIDE hududlararo turnirida gʻolib boʻldi.
Denise Frick Janubiy Afrika nufuzini bir nechta ayollar shaxmat olimpiadalarida, (jumladan 2000, 2004, 2006, 2012, 2014, 2016, 2018 va 2022-yillarda) hamda shaxmat boʻyicha ayollar jamoaviy chempionatida himoya qilgan. U Afrika oʻyinlarida (2003—2011) ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha terma jamoalar turnirida uch marta ishtirok etib, jamoaviy bahslarda ikkita kumush (2003, 2007) va bitta bronza (2011) medallarini qoʻlga kiritgan, shaxsiy bahsda esa kumush medal (2011) sohibasiga aylanyan.
Denise Frick mutaxassisligi boʻyicha psixolog. Frickning magistrlik diplom ishi, shaxmatdan giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni oldini olish va bu giyohvand shaxmatchilarni davolashda terapevtik vositalardan unumli foydalanish bilan bogʻliq.
Manbalar
Havolalar
Denise Bouahning FIDE dagi reytingi (archive) Denise Bouahning 365Chess.com saytidagi shaxmat oʻyinlari (archive)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar