Nina Gill, CBE - Britaniyadagi Mehnat partiyasi siyosatchisi. U dastlab 1999-yildan 2009-yilgacha, soʻngra 2014-yildan 2020-yilgacha Gʻarbiy Oʻrtayerlar uchun Yevropa Parlamenti (MEP) a'zosi boʻlib ishlagan.
Yoshligi va karyera Gill Hindistonning Panjob shtatining Luiziana shahrida tugʻilgan. U oʻn yoshida oilasi bilan Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)ga koʻchib kelgan. Uning otasi tadbirkor edi. Gillning birinchi ishi 16 yoshida kutubxonada ishlash boʻlgan. U 1979-yilda Liverpuldagi Joon Moores universitetini tamomlagan va ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan U talabalar uyushmasining vitse-prezidenti edi. Keyinchalik Gill 1984-yilda Chartered Housing Institutida aspiranturada oʻqidi va 1996-yilda London biznes maktabida yuqori darajali boshqaruv dasturini tamomladi.
Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Gill stajyor hisobchi sifatida ish boshladi lekin faqatgina 6 hafta ishladi xolos, keyin Ealing London Borough Councilda uy-joy boʻlimi boʻyicha ishladi. 29 yoshida Gill ASRA guruhining bosh ijrochi direktori boʻldi va bu uni Buyuk Britaniya uy-joy assotsiatsiyasining birinchi ham ayol, ham oq tanli boʻlmagan va eng yosh ijrochi direktoriga aylantirdi./> Keyinchalik u Newlon Housing Group kompaniyasining bosh direktori boʻlib ishladi.
Yevropa parlamenti Leyboristlarning 1997-yildagi saylovlardagi muvaffaqiyatidan oldin, Gill partiyaning ijtimoiy siyosatini ishlab chiqishda yordam berish uchun leyboristlarning kabinet a'zolari bilan birga ishlagan. 1999-yilda u Yevroparlamentda osiyolik birinchi ayol deputat etib saylandi. 1999 va 2009-yillar oraligʻida Gʻarbiy Oʻrtayer vakili sifatida Gill turli lavozimlarda ishladi, jumladan Hindiston bilan aloqalar boʻyicha va Janubiy Osiyo va SAARC mamlakatlari bilan aloqalar boʻyicha delegatsiya prezidenti boʻlib faoliyat olib bordi. Shuningdek, u Huquqiy masalalar qoʻmitasi va Byudjet qoʻmitasining a'zosi edi.
Gill 2009-yilda uchinchi muddatga Yevroparlament deputati sifatida qayta saylanish istagida edi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi Parlamentda ishlamayotgan paytida u SAS dasturiy ta'minot kompaniyasining korporativ ishlar (Yevropa va Osiyo Tinch okeani) boʻyicha vitse-prezidenti boʻlib ishlagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/70/Neena_Gill.jpg/220px-Neena_Gill.jpg|left|thumb| Gill 2017-yilda BREXIT va Hindistonni muhokama qilmoqda 2014-yilda u Gʻarbiy Oʻrtayer uchun ikki leyborist deputatdan biri (ikkinchisi Siyon Simon) etib qayta saylandi. Bu muddat davomida u Iqtisodiy va valyuta ishlari boʻyicha qoʻmitaning, soliq qarorlari, moliyaviy jinoyatlar, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va qochish boʻyicha maxsus qoʻmitaning a'zosi sifatida faoliyat yuritgan, bundan tashqari, u Hindiston va AQSh oʻrtasidagi aloqalar boʻyicha delegatsiyaning bir qismi edi. Ayniqsa u moliyaviy jabxalarni tartibga solish boʻyicha faol boʻlgan va 2015-yilgi Yevropa pul bozori fondlari (MMF) ni tartibga solish jarayonida reportyor sifatida ishlagan
2017-yilda Gill Hindiston hukumati tomonidan NRI'larga beriladigan eng yuqori mukofot boʻlgan Pravasi Bharatiya Sammanning Buyuk Britaniyadagi ikki gʻoliblaridan biriga aylandi (ikkinchisi konservativ deputat Priti Patel edi).. Xuddi shu yili u 2017-yilgi Yangi yil bayrami taqdirlash marosimida Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qoʻmondoni etib tayinlandi. 2018-yil iyul oyida esa Gill Liverpul John Moores universitetining faxriy a'zosi boʻldi.
U 2019-yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida Gʻarbiy Oʻrtayer uchun leyboristlar deputatlarining yagona vakili sifatida qayta saylangan. Gill Iqtisodiy va valyuta masalalari qoʻmitasining a'zosi sifatidagi ishini davom ettirdi. 2019-yil sentabr oyida Gill Yaponiya bilan aloqalar boʻyicha delegatsiya tarkibiga rais sifatida va ACP-YEI qoʻshma parlament assambleyasiga rais oʻrinbosari va ilmiy-tadqiqot koordinatori sifatida qoʻshildi.
Shaxsiy hayot U 1982-yilda atrof-muhit boʻyicha maslahatchi doktor Jon Taunerga turmushga chiqdi va ularning bir oʻgʻli bor. Ular 2009-yilda ajrashishdi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1956-yilda tugʻilganlar