Filip Novák (1990-yil 26-iyunda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Superliganing „Fenerbaxche“ klubi va Chexiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U 2014-15-yilgi mavsumda 11 ta gol urib, himoyachilar tomonidan bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida Fortuna Liga rekordlariga kiritilgan.

Klub faoliyati Novák dastlab oʻzi tugʻilgan shahar Přerovning futbol jamoalarida oʻynay boshlagan. U 2007-yilda Zlin shahriga koʻchib oʻtadi va 2011-yilga kelib esa „Jablonec“ bilan shartnoma imzolaydi.

Zlin Novák birinchi marta 18 yoshida Chexiya premer-ligasida Pribramga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Keyin, 2008-09-yilgi mavsum oxirida jamoasi ikkinchi ligaga tushib ketgunga qadar u faqat bitta oʻyinda maydonga tushadi.

Jablonec 2011-yil iyul oyida Novák Jablonec jamoasiga oʻtadi. U Fortuna Ligadagi ilk golini 2012-yil 1-oktabrda Praganing Dukla darvozasiga kiritdi. 2013-yil 17-may kuni Novák Jablonec bilan final oʻyinini oʻtkazib, penaltilar seriyasida gol urib, Chexiya kubogini qoʻlga kiritadi. U 2013-yil 12-iyul kuni „Jablonec“ bilan liga chempioni „Viktoriya Plzen“ ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, Chexiya Superkubogini ham qoʻlga kiritadi. Oʻtgan mavsumda Chexiya kubogini qoʻlga kiritgan Jablonec UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanmani ham qoʻlga kiritgan edi. U yerda uchinchi saralash bosqichida Strømsgodset IF ni magʻlub etib, Play-off bosqichida Real-Betis jamoasiga magʻlubiyatga uchragan.

Xalqaro faoliyati

Novákning Chexiya terma jamoasidagi debyuti 2015-yilning 31-martida toʻgʻri keladi. Shu kuni Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u oʻyinning soʻnggi 10 daqiqasida maydonga zaxiradan tushirilgan edi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolZlín2008-09Czech First League3000——302009-102. liga26100——2612010-112. liga29800——298Jami58900——589Jablonec2011-12Czech First League1802030—2302012-13Czech First League29351——3442013-14Czech First League2707030103802014-15Czech First League291181——37122015-16Czech First League30—40—70Jami106142221001013916Midtjylland2015-16Danish Superliga2320081—3132016-17Danish Superliga3454173—4592017-18Danish Superliga1632130—214Jami731062184—9716Trabzonspor2017-18Süper Lig153———1532018-19Süper Lig29531——3262019-20Süper Lig3075271—4210Jami74158371—8919Fenerbahçe2020-21Süper Lig18120——2012021-22Süper Lig2031060—272Jami3843060—473Faoliyatida jami348512974151042963

Xalqaro

+Filip Novak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 8-oktabr Doosan Arena, Plzen, Chexiya 4-0 5-0 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2021-yil 11-noyabr Andrův stadioni, Olomouc, Chexiya 5-0 7-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar Jablonec

Chexiya kubogi : 2012-13 Chexiya Superkubogi : 2013-yil

Trabzonspor

Turkiya kubogi : 2019-20

Manbalar

Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar