Dariya Sergeyevna Samoxina (1992-yil 12-avgustda tugʻilgan, Tolyatti) – rossiyalik gandbolchi, „Astraxanochka“ klubi va Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi, Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi. 2018-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sovrindori. Rossiya terma jamoasining JCh-2017 dagi eng yaxshi toʻpurari.
Yutuqlari
2015-yilgi Rossiya kubogining kumush medali sovrindori; Rossiya kubogining 2013, 2014-yilgi bronza medali sovrindori; Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori: 2014, 2015. 2016-yilgi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori; 2014-yilgi EHF kubogi gʻolibi. 2018-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sovrindori
Havolalar https://www.instagram.com/samokhinadasha/ Astraxanochka kompaniyalar guruhi veb-saytidagi profil FGR veb-saytidagi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:12-avgustda tugʻilganlar