Qisqa xabarlar xizmati (qisqacha- SMS) matnli gaplashish yoki matn yozish tilialso known as txt-speak, txtese, chatspeak, txt, txtspk, txtk, txto, texting language, txt lingo, SMSish, txtslang, txt talk, text shorthand — bu 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida mobil telefonda matnli xabarlar va vaqti-vaqti bilan elektron pochta va tezkor xabar almashish kabi Internetga asoslangan muloqot orqali tez-tez ishlatiladigan qisqartirilgan til va jargon hisoblanadi.
Dastlabki ishlab chiqarilgan mobil telefonda xabarlashishning xususiyatlari foydalanuvchilarni qisqartmalardan foydalanishga undadi. 2G texnologiyasi matn kiritishni qiyinlashtirdi, chunki har bir harfni yaratish uchun kichik klaviaturani bir necha marta bosishni talab qildi va xabarlar odatda 160 belgi (yoki 1280 bit) bilan cheklangan edi. Bunday muammolarni hal qilish uchun SMS tili matnli xabarlarni tezroq yozish imkonini berdi, shu bilan birga 160 belgidan ortiq uzunlikdagi xabarlar uchun mobil tarmoq provayderlari tomonidan qoʻshimcha toʻlovlar undirilmadi.
Tarixi SMS tili telegraf tiliga oʻxshaydi, yaʼni ikkisida ham toʻlovlar qancha soʻz yozilganligiga koʻra undiriladi. Ushbu til matnli xabar almashishning makon, vaqt va xarajat bilan cheklanganligini hisobga olgan holda juda ixcham soʻzlar orqali his-tuygʻularni aniqlik bilan ifodalash uchun iloji boricha kam harflardan foydalanishga intiladi. Bunday tildan foydalanishning ommalashishini sababi esa, dastlabki SMS atigi 160 belgiga ruxsat berganligi va xabar almashuvchilar har bir yuborgan (va baʼzan qabul qilgan) xabarlari uchun kichik toʻlov toʻlashganligi boʻlgan. Bundan tashqari yuqorida aytilganidek, xabarlarni yaratishdagi qiyinchilik va samarasizlik, xabarlashish yanada tejamkor tilga boʻlgan istakni keltirib chiqardi.
Unda internetga oʻxshash baʼzi xususiyatlar bor va Telex kabi taxnologiyalarning evolyutsiyasi chat xonalarida matnlarni faqat muhim joylarini qisqartirish orqali yozib olish metodini rivojlanishiga bogʻliq ekanligidan kelib chiqadi. Shunga oʻxshab, bunday oʻzgartirish har bir xabar uchun ajratilgan joydan unumli foydalanish; mobil telefonlarda koʻp vaqt oluvchi va koʻpincha kichik klaviaturalar uchun noqulaylik tugʻdiradigan holatlarni kamaytirishga intildi. Shunga oʻxshash qisqartirib yozish uslublarini 120 yil oldin, telegraf operatorlari rasmiy xabarlarni oʻzaro almashganlarida zamonaviy matnga oʻxshash qisqartmalardan foydalanganliklari koʻrishimiz mumkin. Faramerz Dabhoiwala 2016 yilda The Guardian jurnalida shunday deb yozgan edi: " Lingvistik puristlarni dahshatga soladigan tilni zamonaviy qoʻllashlar aslida chuqur tarixiy ildizlarga ega. „OMG“ (Oh my God) qisqartmasi ham 1917-yilda dengiz qahramoni, flot admirali Lord Fisher tomonidan birinchi marotaba ishlatilgan".
Umuman olganda, SMS tili joʻnatuvchiga kamroq yozish va tezroq muloqot qilish imkonini beradi. Bir misol, „tomorrow (ertaga)“ oʻrniga „tmr“ dan foydalanish. Shunga qaramay, SMS tilidagi soʻzlarni yaratish va ulardan foydalanishning standart qoidalari mavjud emas. Har qanday soʻz qisqartirilishi mumkin (masalan, „text (matn)“ dan „txt“ ga). Soʻzlarni raqamlar bilan birlashtirib ularni qisqartirish ham mumkin, (masalan, „later (keyinroq)“ ni „l8r“shaklida), bunda omofonik sifati uchun „8“ raqamidan foydalanilmoqda.
SMS tili koʻp tilli obyekt sifatida Baʼzilar SMS tilini ingliz tilining lahjasi sifatida koʻrishlari mumkin,agarda u ingliz tilining toʻliq hosilasi boʻlmasa, kuchli dialekt deyishimiz mumkin. Uunday boʻlmasligi ham mumkin. Bunday fikrlarning kelib chiqishi mobil telefonlar kontseptsiyasi va ularni tarqatilishining dastlabki bosqichlarida faqat cheklangan miqdordagi standart tillardan foydalanish mumkinligidan paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.
Symbian va shunga oʻxshash til paketlari kabi mobil operatsion tizim (OT) bunday interfeyslar bilan jihozlangan mahsulotlarni lingvistik lokalizatsiya qilishga imkon beradi, huddi shunday holat yaqinda joriy qilingan Symbianda uchradi (Symbian Belle), yaʼni u 48 dan ortiq til va dialektlarning va orfografiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi, bunday yangilik butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan tillarni hisobga oladigan boʻlsak ayni muddao boʻladi. Bu borada tadqiqotchi Mohammad Shirali-Shahreza (2007) mobil telefon ishlab chiqaruvchilar oʻz telefonlari tarqatilishi kerak boʻlgan joylarda „mamlakatning mahalliy tilini“ qoʻllashni taklif qilishlarini taʼkidlaydi.
Shunga qaramay, SMSda ingliz boʻlmagan tillar va skriptlardan foydalanishga qoʻshimcha cheklovlar sifatida turli omillar taʼsir qiladi. Bu, ayniqsa, lotin alifbosiga asoslanmagan imlolarni ishlatadigan (yaʼni lotin alifbosidan foydalanmaydigan), masalan, kirill yoki yunon harflaridan foydalanganda xabar uzunligini cheklanishi oʻsha tillarning inglizlashuviga turtki beradi. Boshqa tomondan esa, tadqiqotchi Gillian Perrett ingliz tilining ingliz tilidan tashqari boshqa tildagi kontekstlarga ishlatilishi va qoʻllanishidan keyin ingliz tilining de-anglikizatsiyasini (ingliz tilidan kamroq foydalalnishga harakat qilish) ni paydo boʻlishini kuzatdi.
Shunday qilib, SMS tilida makon, vaqt va xarajat cheklovlarini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlardan tashqari, butun dunyo boʻylab tillarning xilma-xilligi va xususiyatlarini oʻziga xosligi SMS til(lar)ining xususiyatlari va uslubiga qoʻshimcha cheklovlar qoʻshadi.
Lingvistik xususiyatlar va uslub SMS tilini yaratish va undan foydalanishning asosiy sababi eng kam belgilar yordamida tushunarli xabarni etkaza olish edi. Buning ikkita sababi bor: birinchi navbatda, telekommunikatsiya kompaniyalari har bir SMS uchun belgilar sonini cheklab qoʻygan va yuborilgan har bir SMS uchun foydalanuvchidan haq undirgan. Xarajatlarni kamaytirish uchun foydalanuvchilar kerakli xabarni yetkazishda iloji boricha kamroq soʻzlardan foydalanish bilan birga bermoqchi boʻlgan maʼlumotini ham aniq yetkazish yoʻlini topishlari kerak edi. Ikkinchidan, telefonda yozish odatda kompyuter klaviaturasida yozishdan koʻra sekinroq va katta harflarni yozish ham vaqt oladi. Natijada tinish belgilari, grammatika qoidalari va bosh harflar koʻp jihatdan eʼtiborga olinmaydi.
Koʻpgina mamlakatlarda odamlarning oylik taʼrif rejalari doirasida cheksiz xabar joʻnata olishlari mumkin, garchi bu qaysi davlatligi va operatorga qarab juda katta farq qiladi. Biroq, telefon ekranlar hali ham kichik va maʼlumot kiritish muammosi davom etmoqda ekan, qisqartirish uchun SMS tili hali ham keng qoʻllanilishda davom etadi.
SMS tilining lingvistik va uslubiy xususiyatlariga oid tadqiqotlar va tasniflar Krispin Thurlou, Lopez Rua, va Devid Kristal tomonidan amalga oshirilgan va turli xulosalar taklif qilingan. Garchi ular tomonidan berilgan xulosalar toʻliq boʻlmasa-da, SMS tili xususiyatlarining baʼzilari quyidagilardan foydalanishni oʻz ichiga oladi:
Initializatsiyalar (bosh harflardan tashkil topgan qisqartmalar va qisqartmalar) Qisqartirish va qisqartmalar, soʻz birliklarini qoldirib ketish.
Noaniq qisqartirishlarni talqin qilishda pragmatika va kontekst
Reaksiyani bildiruvchi belgilar Piktogrammalar va logogrammalar (rebus qisqartmasi) Paralingvistik va prozodik xususiyatlar
Bosh harf bilan yozish Kulgichlar
Imlodagi oʻzgarishlar Tinish belgilari yoki ularning yetishmasligi
Initializatsiyalar (bosh harflardan tashkil topgan qisqartmalar va qisqartmalar) Bir xil qisqartmalarga ega boʻlgan soʻz yoki iboralarga koʻplab misollar mavjud (masalan, lol laugh out loud(baland ovozda kulish), lots of love(koʻp sevgi) yoki little old lady(kichkina kampir) maʼnosini anglatishi mumkin; 'crynʼ esa crying (yigʻlash), yoki crayon (rangli qalam) larni anglatishi mumkin).
Qisqartirish va qisqartmalar va soʻz birliklarini tashlab yuborish Umumiy qisqartmasi boʻlmagan soʻzlar uchun foydalanuvchilar odatda soʻzdan unlilarni olib tashlaydilar va oʻquvchi undoshlar berilgan qatorni kerakli unlilarni qoʻshish orqali tushunib olishi talab qilinadi (masalan, dictionary (lugʻat)- dctnry va keyboard (klaviatura)- kybrd boʻladi). Vaqt va makon cheklovlarini yengib oʻtishga qaratilgan harakatlar doirasida soʻzlarni, ayniqsa, yordamchi soʻzlar (masalan, „a“ va „the“ kabi artikllarni) tashlab yuborish ham qoʻllanadi.
Yozilayotgan soʻzni oldindan ekranga chiqarish(bashorat qilish) funksiyasini smartfonlarda qoʻllanishi va toʻliq QWERTY klaviaturalari bilan jihozlangan smartfonlarning paydo boʻlishi kabi qulayliklar SMS tilidagi qisqartmalardan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi.
Noaniq qisqartmalarni talqin qilishda pragmatika va kontekst Xabarni qabul qiluvchilar qisqartirilgan soʻzlarni kontekstga qarab izohlashlari kerak boʻladi. Misol uchun, agar kimdir ttyl, lol ni ishlatib sizga xabar yozsa, u siz bilan keyinroq gaplashishni va sizga muxabbatini aytishi, yoki siz bilan keyinroq gaplashishini, baland ovozda kulayotganini anglatishi mumkin. Boshqa bir misolda, agar kimdir omg, lol dan foydalansa, ular ey Xudoyim, muxabbat bilan deyishi yoki undan farqli oʻlaroq ey Xudoyim, oʻzini kulgidan toʻxtatolmayotganligini anglatishi mumkin.
Shuning uchun, matn mazmunini talqin qilishda kontekst hal qiluvchi ahamiyatga ega va tanqidchilar aynan shu kamchilik uchun ham SMS tilini ishlatmaslik kerkligini sabab sifatida koʻrsatadilar (garchi nafaqat ingliz tilida, balki dunyodagi boshqa tillar da ham, turli kontekstlarda turli xil maʼnoga ega boʻlgan koʻplab soʻzlar mavjud).
SMS tili har doim ham standart grammatikaga boʻysunmaydi yoki uning qoidlariga rioya qilmaydi va bunga qoʻshimcha ravishda matnlarda ishlatiladigan soʻzlar odatda umumiy lugʻatlarda topilmaydi yoki til akademiyalari tomonidan tan olinmaydi.
Reaksiya bildiruvchi belgilar Internet Relay Chat (IRC) ning har bir qismida mavjud boʻlgan „reaksiya bildiruvchi belgilar“ SMS tilida ham uchraydi. Reaksiya bildiruvchi belgilar oldingi xabarga boʻlgan munosabatni bildiruvchi „ha, men bilaman“ kabi iboralar yoki soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Ularni SMS tilidan farqi esa, koʻp soʻzlar ogʻzaki nutqdan farqli ravishda qisqartiriladi.
Piktogrammalar va logogrammalar (rebus qisqartmasi) SMS tilidagi baʼzi belgilarni butun soʻzlarni ifodalash uchun rasmlar va bitta harfni qoʻshish yoki raqamlardan foydalangan holda rebusga oʻxshash matnni hosil qilishga oʻxshatish mumkin (masalan, "i <3 u", love (sevgi) uchun yurak piktogrammasidan foydalanilgan va you (seni) ni ifodalash uchun 'u' harfi ishlatiladi. ).
Bunday tilda bir nechta ierogliflar (boshlovchilar uchun tushunarli kodlar) va bir qator yuz ifodalari mavjud.
Paralingvistik va prozodik xususiyatlar SMS tilidagi prosodik xususiyatlar qoʻshimcha semantik va sintaktik maʼlumotlarni kontekst orqali taqdim etishga qaratilgan boʻlib, unday xabarlarni qabul qiluvchilar kontekstga mosroq va aniqroq maʼnoni chiqarish uchun foydalanishi mumkin. Ular yuz ifodasi va ovoz ohangi kabi ogʻzaki prozodik xususiyatlarning matnli ekvivalentini topib ularni yetkazishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Aslida, SMS tili yozma matn formatida mavjud boʻlsa ham, u murakkab tuzilishga ega emasligi va uning maʼnosi kontekstga bevosita bogʻliq boʻlishi bilan oddiy nutqqa juda oʻxshaydi.
Bosh harf bilan yozish SMS tilida bosh harflar bilan yozishda uchta holat mavjud:Ling, Richard. 2005. „The socio-linguistics of SMS: An analysis of SMS use by a random sample of Norwegians“ in Mobile communications: Renegotiation of the social sphere, edited by R. Ling and P. Pedersen. London: Springer.
Bosh harflarsiz yozish Faqat birinchi soʻzning bosh harf bilan yozilishi Barcha grammatik qoidalarga mos keladigan holatdagina toʻliq bosh harf bilan yozish