Yuliya Anatolyevna Managarova — ukrainalik va rossiyalik gandbolchi, Rossiyaning „Rostov-Don“ klubi va Rossiya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi. 2014-yilgacha u Ukraina terma jamoasida oʻynagan, 2017-yildan beri u Rossiya terma jamoasida oʻynamoqda. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2021).
Yutuqlari
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori. Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2018). Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2019). EHF kubogi gʻolibi (2017). Chempionlar ligasi finalchisi (2019). Olti karra Rossiya chempioni (2015, 2017—2020, 2022). Rossiya kubogining etti karra gʻolibi (2015—2021). Rossiya Superkubogining yetti karra gʻolibi (2015—2021). Ukrainaning uch karra chempioni (2009-2011). Ruminiyaning uch karra chempioni (2011-2013).
Mukofotlari
I darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali (2021-yil — 11-avgust) — mamlakatimiz sportini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuksak sport yutuqlari, XXXII Olimpiada oʻyinlarida koʻrsatilgan gʻalabaga boʻlgan irodasi, matonati va qatʼiyati uchun. 2020-yil Tokioda (Yaponiya).
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:27-sentabrda tugʻilganlar