Vitaliy Grigoryevich Levchenko (; 1972-yil 28-martda tugʻilgan) – tojikistonlik sobiq professional futbolchi, futbolchilik faoliyatini yakunlagach Ukraina fuqaroligini olgan.
Futbolchi faoliyati
Milliy terma jamoa 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari saralash bosqichida Tojikiston terma jamoasi tarkibidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Vitaliy 1998-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham ishtirok etgan va oxirgi marta Tojikiston terma jamoasida 2000-yilda oʻynagan. Besh yil davomida Levchenko toʻqqizta oʻyinda ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Levchenko dastlab Knyajadagi futbol jamoasi murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan. 2008-yilda Viktor Dogadaylo isteʼfoga chiqqanidan soʻng, „Schastlivy“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. Eduard Pavlov va Denis Ivankov Levchenkoning eng yaqin yordamchilari sifatida koʻmaklashgan. 2009-yilda Kiyevning „Arsenal“ klubi akademiyasida murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
2016-yilning iyun oyida Levchenko Tojikistonning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Shuningdek, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovga yordamchi murabbiy sifatida koʻmaklashgan. 2017-yilning 3-iyunida Levchenko Tojikistonni tark etib, „Krylia Sovetov“da murabbiylik lavozimini egallagan.
2019-yil 16-aprel kuni Tojikistonga qaytib kelgan va „Xoʻjand“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Xoʻjand jamoasidagi debyut yilida jamoa bilan birgalikda milliy chempionatning kumush medallariga ega boʻlgan.
2020-yilning 17-fevralida „Istiqlol Dushanbe“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2021-yilgi mavsum Osiyo chempionlar ligasida ilk bor guruh bosqichida birinchi oʻrinni egallab, 1/8 finaliga olib chiqqan. 2022-yilning iyun oyida tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishgan.
2022-yil 2-iyulda Levchenko Oʻzbekistonning „Neftchi Fargʻona“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Levchenko klub boshqaruvini olgan davrida 13-oʻrinda edi. 2023-yilgi mavsum soʻnggida „Neftchi“ jamoasi bilan qayd etgan yuqori natijalari sababli Oʻzbekiston Superligasining 2023-yilgi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb eʼlon qilingan.
Yutuqlar
Oʻyinchi sifatida: Futbol boʻyicha Ukraina kubogi finalchisi: 1998-yil
Murabbiy sifatida: Ukraina Ikkinchi ligasi A guruhi gʻolibi: 2007-2008 Tojikiston chempioni (2): 2020, 2021 Tojikiston Superkubogi sohibi (2): 2020, 2021 Tojikiston Futbol Federatsiyasi kubogi sohibi: 2021 Milliy futbol ligasi kumush medali sohibi: 2018-yil„Istiklol“ stal shestikratnim obladatelem Kubka FFT – Avesta – informatsionnoe agentstvo Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori: 2019„Xudjand“ stal serebryanim prizerom chempionata Tadjikistana-2019 – EUCTJ
Tojikiston chempionatida yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020, 2021 Oʻzbekiston Superligasida yilning eng yaxshi murabbiyi: 2023, 2025 Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
Manbalar
Havolalar
Vitaliy Levchenko
Vitaliy Levchenko Footballfactsru saytida
Vitaliy Levchenko Vitaliy Levchenko Trasfermarkt saytida murabbiy profili Vitaliy Levchenko Trasfermarkt saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xoʻjand kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:FC CSKA-Borysfen Kiyev futbolchilari Turkum:PFC Dinamo Stavropol futbolchilari Turkum:Changchun Yatai F.C. futbolchilari Turkum:SC Tavriya Simferopol futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:FC CSKA Kiyev futbolchilari Turkum:FC CSKA-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Spartak Kostroma futbolchilari Turkum:FC Volgar Astrakhan futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar