Jami Beth Gertz (1965-yil 28-oktabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va investor. Gertz oʻzining dastlabki rollarini Crossroads, The Lost Boys, Less Than Zero va Quicksilver filmlari, 1980-yillardagi Square Pegs teleseriali va 1996-yilgi Twister filmlarida amalga oshiradi. Shuningdek, CBSning Still Standing sitkomidagi Judy Miller roli va ABC efirga uzatgan The Neighbors serialidagi Debbie Weaver rollari orqali tanilgan. Aktrisa turmush oʻrtogʻi Tony Ressler bilan birga Amerika milliy basketbol assotsiatsiyasining Atlanta Hawks klubining bir qismi egasidir.

Yoshligi Gertz Illinois shtatining Chicago shahrida tugʻilgan va Glenview shahrida oʻsib ulgʻaygan. U davlat maktablarida oʻqigan, xususan, Maine East High School tamomlaganRackl, Lori. Jami Gertz talks ʻNeighbors’, Chicago Sun-Times, September 25, 2012. Accessed July 24, 2013.. Uning ota-onasi quruvchi Sharyn hamda pudratchi Walter Gertz sifatida faoliyat yuritishgan. Jamining Michael va Scott ismli ikkita ukasi bor. Yahudiy boʻlgan Gertz konservativ iudaizmda taʼsirida tarbiyalangan. Faoliyati Aktrisa Norman Lear tomonidan milliy isteʼdod izlash dasturi orqali topilgan. U New York universitetida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan. Yoshlik paytlarida Andrew Dice Clay bilan birgalikda Diff'rent Strokes serialining bir epizodida ishtirok etgan. U, shuningdek, Blairning doʻsti va sinfdoshi Boots St. Clair sifatida The Facts of Life filmida takroriy rol oʻynagan. Gertz oʻzining kinolardagi debyutini 1981-yilda Endless Love ishqiy filmida amalga oshiradi. Shundan soʻng, 1982—1983-yillarda Square Pegs teleserialida bosh rol ijro etgan.

1987-yilda Robert Downey tomonidan tasvirlangan mahkum giyohvand obrazning doʻsti sifatida Less Than Zero filmidagi bosh roli bilan koʻproq eʼtibor qozonishga muvaffaq boʻldi. U 1987-yilda suratga olingan The Lost Boys filmida Kiefer Sutherland va Jason Patric bilan birgalikda bosh qahramonning vampir sevgilsi rolini oʻynadi. Shaxsiy hayoti Gertz 1989-yilda beri biznes boshqaruvchisi Tony Ressler bilan turmush qurgan. Ularning uch nafar Oliver Jordan Ressler (1992-yilda tugʻilgan), Nicholas Simon Ressler (1995-yilda tugʻilgan) va Teo Ressler (1998-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻil farzandlari borJewish Journal: „Itʼs Always Gilda – Actress Jami Gertz wants to do justice to the memory of the late SNL comedienne“ By Naomi Pfefferman April 25, 2002.

Filmografiyasi Filmlarda Yil Sarlavha Rol1981On the Right TrackBig Girl (obraz)1981Endless LovePatty1984Sixteen CandlesRobin1984Alphabet CitySophia1985MischiefRosalie1986QuicksilverTerri1986CrossroadsFrances1986SolarbabiesTerra1987Star1987Less Than ZeroBlair1989Listen to MeMonica Tomanski1989RenegadesBarbara1989Silence Like GlassEva Martin1990Don't Tell Her It's Me a.k.a., The Boyfriend SchoolEmily Pear1990Sibling RivalryJeanine1992Jersey GirlToby1994This Canʼt Be LoveSarah1996Twisterdoktor Melissa Reeves1999Seven GirlfriendsLisa2001Lip ServiceKat2006Keeping Up with the SteinsJoanne Fielder 2013 Dealin' with Idiots Rosie2022I Want You Back Rita

Televizion rollari Yil Sarlavha Rol 1982—1983 Square Pegs Muffy Tepperman 1983 Diff'rent Strokes Lindsay 1983 For Members Only Monica Mitchell 1984 Dreams Martha Spino 1983—1984 The Facts of Life Boots St. Claire 1984 Family Ties Jocelyn Clark 1991—1992 Sibs Lily Ruscio 1994 Seinfeld Jane 1994 This Canʼt Be Love Sarah 1994 Dream On Jane Harnick 1994 Related by Birth Lily 1995 Dream On Martinʼs Lover 1995 Hudson Street Allison 1997 ER doktor Nina Pomerantz 2001 True Love 2000—2002 Ally McBeal Kimmy Bishop 2002 Gilda Radner: Itʼs Always Something Gilda Radner 2003 Undercover Christmas Brandi OʻNeill 2005 Fighting the Odds: The Marilyn Gambrell Story Marilyn Gambrell 2002—2006 Still Standing Judy Miller 2006 Shark Sara Metcalfe 2007 Lost Holiday: The Jim & Suzanne Shemwell Story Suzanne Shemwell 2009—2010 Entourage Marlo Klein 2011 Modern Family Laura 2012—2014 The Neighbors Debbie Weaver 2016 This Is Us Marin Rosenthal 2017 Difficult People Davidning xotini

Manbalar

Havolalar

Jami Gertz Internet-Broadway maʼlumotlar bazasida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar