thumb|353x353px|Tiger Hillarp Persson Tiger Hillarp Persson 1970-yil 28-oktyabrda tugʻilgan shved shaxmat grossmeysteridir. U shaxmat boʻyicha ikki karra Shvetsiya chempioni. 2015-yilda u Goda 1-Dan darajasiga erishdi.

Shaxmatdagi faoliyati U Gentofte (VISA Nordic Grand Prix) turnirlarida Sune Berg Xansen, Simen Agdeshteyn, Eynar Gausel, Xelgi Gretarsson, Heikki Vesterinen va boshqalar ustidan mutloq gʻalabaga erishdi. 1999-yilda York, Jersi (2000), Barselona Sants 2003 va Guernsey xalqaro turnirlarida bir necha bor gʻolib chiqdi. Chess Open (2001, 2003, 2007, 2008, 2009, 2010 (eng yaxshi tay-brekda), 2016 va yana 2018-yilgi musobaqalarda ham gʻalabaga erishdi. Finlandiyaning Vammala shahrida boʻlib oʻtgan Shimoliy shaxmat chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi (2005). 2008-yilda u tugʻilgan shahri Malmyoda oʻtkazilgan Sigeman & Co shaxmat turnirida ajoyib 7½ ball bilan gʻolib boʻldi. 2009-yilda Korus shaxmat turnirining C guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi. Shvetsiya vakili sifatida u 1998-yilda Elista va 2008-yilda Drezdenda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida individual bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

U 2007, 2008 va yana 2021-yillarda Shvetsiya chempionatida uch marta gʻolib boʻlgan, shu jumladan 2019-yilgi gʻolib Erik Blomkvistdan yarim ochko oldinda marraga erishgan.

Uning 43-shaxmat Olimpiadasida Tomas Laurusasga qarshi oʻyini Chess.com muharriri tomonidan 2018-yilning eng yaxshi oʻyini deb topildi.

Tiger Zamonaviy mudofaa boʻyicha ikkita kitob yozgan, jumladan Tiger's Modernni ham.

Kitoblari

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shvetsiya shaxmatchilari