Francesco Hayez (shuningdek Ayes, sobiq Gayez , , 1791 — yil 10-fevral, Venetsiya — 1882 — yil 21-dekabr, Milan) — italyan rassomi, XIX asr oʻrtalarida romantizmning yetakchi rassomlaridan biri, tarixiy rasmlari, siyosiy allegoriyalari va portretlari bilan mashhur.
Yoshligi Otasining millati fransuz boʻlgan. U onasining opasi yaʼni xolasining uyida tarbiyalangan. Bolaligidan Hayez yaxshi rasm chizgan, shuning uchun amakisi uni binokor rassomga shogird qilib yuborgan. Keyinchalik u rassom Franchesko Maggiottoning shogirdi boʻldi va u bilan uch yil qoldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a3/IMG_3964_-_Milano_-_Piazzetta_Brera_-_Monumento_ad_Hayez_%281890%29_-_Foto_di_Giovanni_Dall%27Orto_-_19_jan_2007.jpg/150px-IMG_3964_-_Milano_-_Piazzetta_Brera_-_Monumento_ad_Hayez_%281890%29_-_Foto_di_Giovanni_Dall%27Orto_-_19_jan_2007.jpg|left|thumb|150x150px| Milanda Francesco Hayez haykali 1809-yilda Hayez Venetsiya akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqdi, shundan soʻng u Rimdagi Avliyo Luka akademiyasida bir yil tahsil oldi. U 1814-yilgacha Rimda qoldi, keyin Neapolga koʻchib oʻtdi va u yerda Joachim Muratning koʻrsatmasi bilan oʻzining asosiy asari — „Odissey Alkinus saroyida“ rasmini yaratdi .
Hayez keyinroq Milanga yoʻl oldi. U yerda u uzoq vaqt davomida Brera akademiyasida rassomlikdan dars berdi va 1860-yilda uning direktori boʻldi. U Milanda Monumental qabristonga dafn qilindi.
Hozir Brera Pinacoteca uning asarlarining eng toʻliq toʻplamiga ega.
Ilmiy ijod link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c6/El_Beso_%28Pinacoteca_de_Brera%2C_Mil%C3%A1n%2C_1859%29.jpg/170px-El_Beso_%28Pinacoteca_de_Brera%2C_Mil%C3%A1n%2C_1859%29.jpg|left|thumb|212x212px| Oʻpich (1859) Francesco Hayez asosan diniy, tarixiy, adabiy va mifologik mavzular bilan ishlagan. Bundan tashqari, u ajoyib portret rassomi edi — Italiyadagi koʻplab mashhur odamlar portret chizish paytida Hayezda navbatda turishni sharaf deb bilishgan. Shuningdek, uning sevimli mavzularidan biri yarim yalangʻoch ayollarning tasviri edi. Klassik rassom sifatida ish boshlagan Hayez asta-sekin romantizm tomon yoʻl oldi.
Hayezning eng mashhur rasmlari orasida 1859-yilda chizilgan „Kiss“ (Oʻpich) asari boʻlib, unda rassom syujetni vatanga muhabbatning ramziy timsolini romantik did bilan birlashtirgan. „Kiss“ tezda mashhurlikka erishdi va XIX asrning eng tez-tez takrorlanadigan italyan rasmlaridan biriga aylandi. Asl nusxasi Brera Pinacotecaʼda; bir necha muallifning nusxalari turli Yevropa toʻplamlarida saqlanadi.
Francesco Hayez bosib oʻtgan butun ijodiy yoʻlni baholash qiyin, chunki u koʻpincha oʻz asarlariga imzo chekmagan va sanasini koʻrsatmagan (koʻpincha uning rasmlarida koʻrsatilgan sana faqat rasm qachon sotilganidan dalolat bergan).
Galereya
Adabiyotlar
Ayets // A — Anketirovanie. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2005. — S. 310. — (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov ; 2004—2017, t. 1). — ISBN 5-85270-329-X. Gayez, Franchesko // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
Manbalar
Havolalar
Franchesko Hayez Franchesko Ayezning rasmlari Xayezning durdona asarining „Kiss Digital“ reproduktsiyasi
Turkum:1882-yilda vafot etganlar Turkum:21-dekabrda vafot etganlar Turkum:1791-yilda tugʻilganlar Turkum:10-fevralda tugʻilganlar Turkum:Rassomlar Turkum:Tasviriy sanʼat Turkum:Sanʼat