Koneru Humpy (1987-yil 31-martda tugʻilgan) hindistonlik shaxmatchi, 2019-yilda FIDE ayollar oʻrtasidagi tezkor shaxmat chempionatida gʻolib boʻlganligi bilan mashhur. 2002-yilda u 15 yosh, 1 oy, 27 kunligida grossmeyster (GM) unvoniga erishgan eng yosh ayol boʻlib, Judit Polgarning oldingi rekordini uch oyga ortda qoldirdi (keyinchalik bu rekord Xou Yifan tomonidan 2008-yilda yangilandi). 2007-yil oktyabr oyida Humpy Polgardan keyin 2600 Elo reytingidan oshib, 2606 ball olgan ikkinchi ayol oʻyinchi aylandiKoneru’s rating progress chart. FIDE..
Karyerasi Humpy shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan: 1997-yilda (10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasi), 1998-yilda (12 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida) va 2000-yilda (14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida). 1999-yili Ahmadobod shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oʻgʻil bolalar bilan kuch sinashib, 12 yoshgacha boʻlganlar bahsida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Humpy oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi. Keyingi yilgi oʻyinlarda u Chjao Xue bilan birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-brekda ikkinchi oʻringa tushib ketdiGoa 2002 — 20° Campeonato Mundial Juvenil Feminino BrasilBase. 2002-yilda u sakkizinchi ayol grossmeysterga aylandi. Humpy 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻgʻil bolalar bilan raqobatlashdi, bu musobaqada Pentala Xarikrishna gʻalaba qozondi. Humpy esa 8,5/13 ball bilan oʻninchi oʻrinni egalladiCochin 2004 — 43° Campeonato Mundial Juvenil BrasilBase.
Humpy 2000 va 2002-yillarda ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatida gʻolib boʻldi. 2003-yilda u ayollar oʻrtasidagi 10-chi Osiyo chempionati va Hindiston ayollar chempionatida gʻoliblikka erishadi10th Asian Womenʼs Individual Chess Championship FIDE. 2005-yilda u Rossiyaning Krasnoturinsk shahrida oʻsha davrdagi eng kuchli oʻn nafar ayol oʻyinchi ishtirokida boʻlib oʻtgan Shimoliy Ural kubogida gʻolib sfatida etirof etiladi.
U birinchi marta 2004-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan va oʻshandan beri u nokaut formatida oʻtkazilgan har bir musobaqada qatnashib kelgan. Humpy 2004, 2008 va 2010-yillarda yarim finalga qadar chiqqan.
2009-yilda u Mumbay meri kubogida Aleksandr Areshchenko, Magesh Panchanathan va Evgeniy Miroshnichenko bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi.
2009-yilda Humpy Butun Hindiston shaxmat federatsiyasini Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilganlikda aybladi. Unga murabbiylik qilayotgan otasi Humpy Ashokga u bilan turnirlarga borishga ruxsat berilmaganligi asosiy sabab sifatida koʻrsatildi.
Humpy 2009—2011-yillardagi FIDE ayollar Gran-prisida ishtirok etdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻz navbatida 2011-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yoʻllanmasiga daʼvogar sifatida ishtirok etdi. Bu musobaqada Xou Yifan uchta oʻyinda gʻalaba qozonib, beshta durang qayd etdi. Humpy 2011-2012, 2013-2014, 2015-2016 va 2019—2021-yillarda ham FIDE ayollar Gran-prisi seriyasida ikkinchi oʻrinni egalladi.
U 2015-yilda Xitoyning Chengdu shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hindiston terma jamoasi musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egalladi — bu bronza medalini qoʻlga kiritgan Xitoy jamoasidan atigi bir ochko ortda qolgani tufayli edi.
2019-yilda u ikki yillik tugʻruq taʼtilidan qaytganidan keyin ayollar oʻrtasida Rapid boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
2020-yilda Humpy ommaviy ovoz berishdan soʻng BBC tomonidan Hindistondagi yilning eng yaxshi sportchisi mukofotiga loyiq deb topildi.
Humpy 2022-yilda Tamilnadu shtatining Mahabalipuram shahrida boʻlib oʻtayotgan Shaxmat Olimpiadasida Hindiston shaʼnini himoya qilmoqda.
Shaxsiy hayoti U dastlab ota-onasi (Koneru Ashok va Latha Ashok) tomonidan „Hampi“ deb nomlangan, bu ism „chempion“ soʻzidan olingan. Keyinchalik uning otasi rus tilidagi ismga yaqinroq oʻxshash boʻlishi uchun imloni Humpy deb oʻzgartirdi.
2014-yil avgust oyida u Dasari Anveshga turmushga chiqdi. Hozir u ONGC Ltd bilan hamkorlikda ishlaydi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/The_President%2C_Dr._A.P.J._Abdul_Kalam_presenting_Padma_Shri_to_Kumari_Koneru_Humpy_%28Chess%29%2C_at_an_Investiture_Ceremony_at_Rashtrapati_Bhavan_in_New_Delhi_on_March_23%2C_2007.jpg/220px-thumbnail.jpg|thumb| Prezident, doktor APJ Abdul Kalam 2007-yil 23-mart kuni Nyu-Dehlidagi Rashtrapati Bxavanda investitsiya marosimida Kumari Humpy Humpyga (shaxmat) Padma Shrini taqdim etmoqda. U 2017-yilda Ohana ismli qizini dunyoga keltirdi.
Mukofotlar va yutuqlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Koneru_Humpy.jpg/220px-Koneru_Humpy.jpg|right|thumb| Wijk an Zee da, 2006-yil
1999-yil: Osiyodagi eng yosh ayol xalqaro usta (WIM) 2001-yil: Hindistonning eng yosh ayol grossmeysteri (WGM) 2003-yil: Arjuna mukofoti 2007-yil: Padma Shri 2019-yil: Skolkovo ayollar Gran-prisi 2019-2020 2019-yil: Monako ayollar Gran-prisi 2019-2020 2019-yil: Tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2020-yil: Cairns Cup 2020-yil: FIDE 2020 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida oltin 2021-yil: BBC Hindistonda yilning eng yaxshi sportchisi 2021-yil: FIDE 2021 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida bronza 2022-yil: 44-Shaxmat Olimpiadasida bronza 2022-yil: 44-shaxmat olimpiadasida Gaprindashvili kubogi gʻolibi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Hindiston shaxmatchilari Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar