Elena Tairova (; ; 1991-yil 28-avgust tugʻilgan — 2010-yil 16-martda vafot etgan) — rossiyalik shaxmatchi. U 2006-yilda FIDEning ayol grossmeyster (WGM)„Titles Approved by FIDE Presidential Board, Al Ain 2006“. FIDE. 2006-04-24. Retrieved 7 October 2015 va 2007-yilda xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlari bilan taqdirlangan„List of Titles Approved“. FIDE. 2007-06-25. Retrieved 7 October 2015.
Faoliyati Tairova 2001-yili 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida Belarus terma jamoasida oʻynab„Jugend-Europameisterschaft U10 Mädchen“. chess-results.com. va 2005-yili 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya sharafini himoya qilgan holda oltin medalni qoʻlga kiritdi„World Youth Chess Championship 2005 G14 Belfort, France“. chess-results.com.. U 2003-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida„European Youth Championship Girls — U12“. chess-results.com. va 2004-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, 2004-yilda Tairova 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi„World Youth Chess Championships 2004 Girls U14“. chess-results.com..
2006-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi va Rossiya ayollar chempionatining Superfinalida ikkinchi oʻrinni egalladi.
2007-yil may oyida Tairova Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi jamoaviy jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Rossiya jamoasi tarkibida beshinchi stolda oʻynadi. 2007-yil iyul oyida u Bad Homburg vor der Höhedagi „Queens Woman Grandmasters“ turnirida Chjao Syue va Elisabeth Pähtzdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi„Queenʼs Chess Internationales Damen-Großmeisterturnier“. chess-results.com.. Oʻsha yili u Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi oʻyinda qatnashdi va Rossiya ayollar superfinalida Nadezhda Kosintseva va boshqalarni magʻlub etib, birinchi oʻrinni egalladi.
2010-yil 16-martda Tairova 18 yoshida surunkali nomaʼlum kasallikdan vafot etdi.
Manbalar
Havolalar
Elena Tairova shaxmat oʻyinlari 365Chess.com saytida Elena Tairova Olimpbase.org saytida shaxmat boʻyicha jamoaviy rekordi Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari