Caner Erkin (1988-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — Super Lig klubi Fatih Karagümrük va Turkiya terma jamoasida oʻynaydigan turk professional futbolchisi.

Klubdagi faoliyati

Ilk yillar Erkin professional faoliyatini 2004-05-yilgi mavsum boshida ikkinchi ligada oʻynagan „Manisaspor“da boshlagan. Oʻsha mavsumda ular ligada gʻalaba qozonishgan va Superligaga chiqishgan. „Manisaspor“dagi 1,5 yillik faoliyati davomida u 39 oʻyinda 5 ta gol urgan. 2007-yilning yanvaridagi transfer oynasida u 3,5 million funt sterling evaziga Moskvaning CSKA klubiga oʻtgan.  U UEFA Chempionlar Ligasida jami 40ta oʻyin oʻtkazgan va ikki marta Rossiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2009-yilning 31-avgustida „Galatasaroy“ Erkinni Moskvaning CSKA klubidan mavsum oxirida sotib olish opsiyasi bilan bir yillik ijaraga olgan.

Fenerbahche Erkin 2010-yilda Fenerbahche bilan shartnoma imzolagan. Chap qanot himoyachisi sifatida oʻyinlarda maydonga tusha boshlagan. Uning oʻyinlari uni Yevropaning bir nechta taniqli klublari tomonidan qiziqish bildirilishiga olib kelgan.

2014-yilda u 2 yillik yangi shartnoma imzolagan.

Internazionale 2016-yilning 1-iyunida "Internasionale" Erkin bilan 1-iyuldan boshlab uch yillik shartnomaga imzo chekkanini eʼlon qilgan. Erkin yozgi transferda jamoaga qoʻshilgan ilk futbolchi boʻlgan. Roberto Manchini va yangi bosh murabbiy Frank de Bur qoʻl ostida Erkin mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvlarida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Biroq, u 30-avgust kuni „Inter“ni tark etishdan oldin hech qanday rasmiy oʻyin oʻtkazmagan. 2016-2017- yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasida „Inter“ oʻyinchilar kvotasi tugab qolgan, UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarining jazosi tufayli klub 22 kishilik tarkibni qisqartirishga majbur boʻlgan.

Beshiktosh 2016-yil 30-avgust kuni „Internasionale“ Erkinni „Beshiktosh“ga bilan bir yillik ijara shartnomasi asosida oʻtganini eʼlon qilgan. 2017-yilning 7-iyunida Beshiktosh Erkinni 750 000 evro evaziga sotib olgan.

2019-yil 23-avgust kuni Erkin 2019-20-yilgi Super Liganing 2-haftasida uy uchrashuvida 2 ta gol bilan Beshiktoshning „Göztepe SK“ jamoasi ustidan 3 – 0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan.

U Superliganing 2019-20-yilgi mavsumi oxirida klubdan isteʼfoga chiqgan.

Fenerbahchega qaytish 2020-yilning 6-avgustida u 2022-yilning iyunigacha ikki yillik shartnoma imzolagan. Istanbulning narigi tomoni Beshiktoshda toʻrt yil oʻtgach, u Fenerbahchega qaytgan.

2021-yil 4-avgustda Fenerbahche SK jamoa murabbiyi Vitor Pereyraning qaroriga koʻra, Erkin kelasi mavsum uchun klub tarkibiga kiritilmasligini eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati Erkin 2006-yilning may oyida Gana termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 17 yoshida Turkiya milliy futbol terma jamoasi safida debyut qilgan. Uning birinchi goli 2012-yilning 5-iyunida Ukraina darvozasiga kiritilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolManisaspor2004-05TFF Birinchi Ligasi4000—402005-06Süper Lig24200—2422006-0715220—172Jami4342000454CSKA Moscow2007RPL814020141200818131202322009701030110Jami3328170483Galatasaray (Ijara)2009-10Süper Lig2006340303Fenerbahçe2010-11Süper Lig22130102612011-1231251—3632012-13300711635342013-1430310203332014-1531351—3642015-1613041100271Jami157925429321116Beşiktaş (Ijara)2016-17Süper Lig800030110Beşiktaş2017-1821050503102018-19281001113922019-203033140374Jami874812311186Fenerbahçe2020-21Süper Lig3403000370Fatih Karagümrük2021-22Süper Lig0000—00Karyerada jami3741952963448932

Xalqaro Turkiya YilOʻyin Gol 2006 2 0 2008 1 0 2009 3 0 2010 2 0 2011 1 0 2012 9 1 2013 8 0 2014 12 1 2015 6 0 2016 9 0 2017 2 0 2020 3 0 2021 7 0 Jami 63 2

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.5.06.2012 Audi Sportpark, Ingolshtadt, Germaniya 1 — 0 2-0Oʻrtoqlik 2.29.05.2014 Robert Kennedi memorial stadioni, Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh 2 — 0 2-0

Yutuqlar

Klub

Fenerbahche SK

Superliga (2): 2010-11, 2013-14 Turkiya kubogi (2): 2011-12, 2012-13 Turkiya Superkubogi (1): 2014-yil

CSKA PFK Moskva

Rossiya kubogi (2): 2007-08, 2008-09

Beshiktosh JK

Superliga (1): 2016-17

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar