Mandakini (tugʻilgan Yasmeen Joseph; 1963-yil 30-iyul) — hindistonlik sobiq aktrisa. U 1985-yilda mashhur Ram Teri Ganga Maili filmidagi bosh roli bilan yaxshi esda qolgan. Mandakini keyinchalik Merfi reklamasida bolakay rolini oʻynagan doktor Kagyurga turmushga chiqdi.
Yoshlik davri Mandakini 1963-yil 30-iyulda Meerutda Yasmeen Jozeph ismi bilan Tugʻilgan. Uning otasi ingliz, onasi esa kashmirlik. 22 yoshida uni afsonaviy rejissyor Raj Kapoor kashf qildi va unga „Mandakini“ ekran nomi berildi.
Kino faoliyati Mandakini hind kino sanoatidagi birinchi filmi 1985-yilda prodyuser-rejissyor Raj Kapoorning kenja oʻgʻli Rajiv Kapoorning Ram Teri Ganga Maili filmi boʻlib unda u bosh rolni ijro etgan. Film blokbaster edi va Mandakini eng yaxshi aktrisa sifatida Filmfare nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Keyin u Mithun Chakraborti bilan Dance Dance, Aditya Pancholi bilan Kaxan Xay Kanun va Govinda bilan Pyaar Karke Dexo kabi yana bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda rol oʻynadi, lekin birinchi filmining muvaffaqiyatini qayta tiklay olmadi. Aktrisa 1996-yilda suratga olingan „Zordaar“ filmidan keyin Bolliwood sanoati bilan xayrlashishga qaror qildi.
Buddizmni qabul qilish va Yoga 1990-yilda Mandakini sobiq buddist rohib doktor Kagyur T. Rinpoche Thakurga turmushga chiqdi va buddizmni qabul qildi. Uning eri bolaligida 1970 va 1980-yillarda Merfi radiosi reklamalarida koʻrsatilgan bolakay sifatida shuhrat qozongan. Er-xotinning Rabbil ismli oʻgʻli va Rabze Innaya ismli qizi bor. Buddizmni qabul qilib, Dalai Lamaning izdoshi boʻlganidan soʻng, Mandakini Tibet yoga boʻyicha mashgʻulotlarni boshladi, eri esa Tibet oʻsimliklar markazini boshqaradi.
Filmografiyasi YilNomRolIzohlar1985Mera SaathiShantiRam Teri Ganga MailiGanga1986SimhasanamVisha KanyaTelugu filmiOmJeevaNaliniAag Aur SholaUshaJaalMadhuMazloomMeena1987Apne ApneIlaLohaSeemaPyaar Karke DekhoUrvashiBhargava RamuduRojaTeluguDance DanceJanitaHawalaatLeelaParam DharamBijli1988Pyaar MohabbatJeete Hain Shaan SeJulieShoorveerMeenaCommandoAsha MalhotraHum To Chale PardesMaar DhaadMaalamaalHoneyTezaabNikitaMaxsus koʻrinishAgneeAyushi1989Naag NaginIchchadhari Nagin ChandniKahan Hai KanoonAakhri BaaziRitaJung BaazSangeeta Mathur/Neena NinjoNa-InsaafiKamliHisaab Khoon KaPreet K. KaushalDesh Ke DushmanAnita MadanLadaaiGeeta Verma1990sheshnaagShandaarAnita ChaurasiaNaya KhoonDr. SeemaJaan-E-WafaDushmanLaxmiPyar Ke Naam QurbaanGauriTaqdeer Ka TamashaRajniAndha BicharSpecialBengal filmi1991Antarer BhalobashaJhilikBengal filmiDeshwasiMaryada Shivpal Singh1992Pyaar Ka SaudagarShalini Arun Verma1996ZordaarNeha
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar