link=https://en.wikipedia.org/wiki/File:Yakuza-katakana.svg|framelessYakuza soʻzi katakana alifbosida (ヤクザ)Tashkil qilinganXVII asr (Kabukimono samuray guruhlaridan kelib chiqgan deb hisoblanadi)Joylashgan hududiAʼzolari asosan Yaponiyada, shuningdek baʼzi aʼzolari Janubiy Koreya va Gʻarbiy Amerika Qoʻshma Shtatlarida, xususan Kantō/Tokyo, Kyoto, Chūbu, Gavai va Kaliforniya hududlarida uchraydiEtnik kelib chiqishiAsosan Yapon. Ayrim hollarda Koreys va Amerikaliklar (Yapon Amerikaliklar).Aʼzolari soni12,300„Organized Crime Situation 2021“ (PDF). National Police Agency. Retrieved 26 March 2022.FaoliyatlariTurli xil, jumladan, noqonuniy biznes, jinoiy va jinoiy boʻlmagan faoliyatlar.Taniqli aʼzolariAsosiy klanlar:

Yamaguchi-gumi Sumiyoshi-kay Inagawa-kay

, shuningdek, deb tanilgan, Yaponiyada kelib chiqqan transmilliy uyushgan jinoyatchilik sindikatlarining aʼzolari. Yaponiya politsiyasi va ommaviy axborot vositalari politsiyaning iltimosiga binoan ularni deb nomlashgan boʻlsa ular oʻzlarini deb atashadi. Yakuza atamasining inglizcha ekvivalenti gangster boʻlib, mafiyaga oʻxshash jinoiy tashkilotga aloqador shaxs degan maʼnoni anglatadiBritannica Academic, s.v.. Yakuzalar oʻzlarining qatʼiy xulq-atvor qoidalari, uyushtirilgan feodalizm tabiati va yubitsume, yaʼni chap barmoqning amputatsiyasi kabi bir nechta noanʼanaviy marosim amaliyotlari bilan mashhur. Bunday guruhlar aʼzolari koʻpincha tanasi tatuirovka bilan qoplangan, silliq sochli va „bashang kostyumlar“ kiygan erkaklar sifatida tasvirlangan. Yakuza hanuzgacha „eng murakkab va eng boy jinoiy tashkilotlar“ qatoriga kiradi.

Yakuza oʻzining eng yuqori choʻqqilarida yapon ommaviy axborot vositalarida doimiy koʻrinish berdi va xalqaro miqyosda faoliyat yuritdi. 1960-yillarning boshlarida, Yakuzaning eng avjiga chiqgan vaqtda politsiyada ishlovchi Yakuza aʼzolari soni 200 000 dan oshgani taxmin qilinadi"Police of Japan 2017" http://www.npa.go.jp/english/kokusai/pdf/Police_of_Japan_2017_full_text.pdf/ .. Keyinchalik, bozor imkoniyatlarining oʻzgarishi va Yaponiyadagi bir qator huquqiy va ijtimoiy oʻzgarishlar sababli ularning soni keskin kamaydi, shu bilan birga, bu holat Yakuza aʼzolarining soni oʻsishiga toʻsqinlik qila boshladi. Yakuza hali ham muntazam ravishda bir qator jinoiy harakatlar bilan shugʻullanadi va koʻplab yapon fuqarolari hanuzgacha Yakuza ularning xavfsizligiga tahdid solishidan qoʻrqishadi. Yaponiya hukumati tomonidan Yakuza daromadlarini kuzatish va jinoiy faoliyat uchun javobgarlikni oshirishga qaratilgan koʻplab qonunlar qabul qilingan boʻlsa-da, bugungi kunda Yaponiyada Yakuza aʼzoligiga qatʼiy taqiq qoʻyilmagan.

Etimologiyasi Yakuza nomi yapon anʼanaviy Oicho-Kabu karta oʻyinidan kelib chiqqan boʻlib, oʻyinda maqsad 9 ballga teng uchta kartani tortishdir. Agar kartalar yigʻindisi 10 dan oshsa, uning oʻrniga oʻsha yigʻindining ikkinchi raqami ball sifatida ishlatiladi, masalan, agar yigʻindi 10 ga teng boʻlsa, ball 0 ga teng. Agar tortilgan uchta karta 8-9-3 (yapon tilida ya-ku-sa deb talaffuz qilinadi) boʻlsa, yigʻindisi 20 va hisob nolga teng boʻlib qoladi va bu kartalarni tortgan qoʻl omadsiz hisoblanadi„Yakuza“ definition.. Yapon tilida Yakuza soʻzi odatda katakana (ヤクザ) alifbosida yoziladi.

Kelib chiqishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/Tattooed-Helper-Yakuza-Ukiyo-e-by-Suzuki-Kinsen-1900.png/220px-Tattooed-Helper-Yakuza-Ukiyo-e-by-Suzuki-Kinsen-1900.png|thumb| Ajdaho tatuirovkali Yakuza aʼzosi politsiyaga qarshi kurashayotgan sherigiga yordam berish uchun yugurayotgani tasviri. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Portrait-Chogoro-Yamamoto-%28Shimizu-Jirocho%29.png/170px-Portrait-Chogoro-Yamamoto-%28Shimizu-Jirocho%29.png|thumb| Yakuza boshligʻi Shimizu Jirocho (Chogoro Yamamoto) Yakuza tashkilotlarining kelib chiqishi haqidagi noaniqlikka qaramay, zamonaviy yakuzalarning aksariyati Edo davrining oʻrtalarida (1603-1868) paydo boʻlgan ikkita ijtimoiy guruhdan kelib chiqadi: tekiya, asosan noqonuniy, oʻgʻirlangan yoki sifatsiz tovarlar bilan savdo qilganlar; va bakuto, qimor oʻyinlariga aloqador boʻlganlar yoki ishtirok etganlar.

Tekiya (savdogarlar) Edo davridagi eng past ijtimoiy guruhlardan biri boʻlgan. Ular oʻzlarining tashkilotlarini tuzishni boshlaganlarida, ular savdo bilan bogʻliq baʼzi maʼmuriy vazifalarni, masalan, savdo maydonchalarini ajratish va tijorat faoliyatini himoya qilishni oʻz zimmalariga olganlarJoy, Alicia.. Shinto festivallari paytida bu savdogarlar doʻkonchalar ochganlar va bir necha odamlar xavfsizlik vazifasini bajarish uchun yollangan. Har bir sotuvchi yarmarka davomida doʻkonchalari joylashgan joyiga va himoya uchun ijara haqi toʻlagan.

Tekiya yuqori darajada tuzilgan va ierarxik guruh boʻlib — eng yuqorida oyabun (boshliq) va quyida kobun (toʻda aʼzolari)Raz, Jacob.. Ushbu ierarxiya oila tuzilishiga oʻxshaydi — anʼanaviy yapon madaniyatida oyabun koʻpincha surrogat ota, kobun esa surrogat bolalar sifatida qabul qilingan. Edo davrida hukumat tekiyani rasman tan oldi. Bu vaqtda, tekiya ichida oyabunlar nazoratchi etib tayinlangan va samuraylarga yaqin maqomga ega boʻlgan, yaʼni ular familiya va ikkita qilichga ega boʻlish sharafiga muyassar boʻlishgan.

Bakuto (qimor oʻyinchilari) hatto savdogarlarga qaraganda ancha past ijtimoiy mavqega ega boʻlgan, chunki qimor oʻyinlari noqonuniy edi. Yaponiya shahar va qishloqlarining chekkalaridagi tashlandiq ibodatxonalar yoki ziyoratgohlar koʻplab kichik qimor uylariga aylangan. Ushbu qimor uylarining aksariyati mijozlar uchun kredit berish biznesini yuritgan va ular odatda oʻzlarining xavfsizligini doimiy taʼminlashgan. Umuman olganda, jamiyat qimor uylariga, shuningdek, bakutoga nafrat bilan qarashgan. Yakuzaning nomaqbul qiyofasining aksariyati bakutodan kelib chiqgan; Bunga Yakuza nomi ham kiradi.

Edo davrining oʻrtalaridagi iqtisodiy vaziyat va savdogarlar sinfining ustunligi tufayli, rivojlanayotgan Yakuza guruhlariga soxta yoki sifatsiz tovarlarni sotib mahalliy bozorlarda mijozlarni tovlamachilik yoʻli bilan aldaydigan yomon va huquqbuzar odamlar kira boshlashgan.

Shimizu Jirocho (1820-1893) — Yaponiyaning eng mashhur yakuzasi va xalq qahramoni. Shimizuning haqiqiy ismi Chogoro Yamamoto edi. Uning hayoti va faoliyati 1911—1940-yillar oraligʻida oʻn oltita filmda tasvirlangan.

Yakuzalarning ildizlari bugungi kunda tekiya yoki bakuto marosimlarini oʻz ichiga olgan guruhga qoʻshilish marosimlarida saqlanib qolgan. Zamonaviy Yakuza turlicha boʻlsa-da, baʼzi toʻdalar hali ham aniq bir guruhga kiradilar; masalan, asosiy daromad manbai noqonuniy qimor oʻyinlari boʻlgan toʻda oʻzlarini bakuto deb atashlari mumkin.

Kyushu link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/95/Japan_Kyushu_Region_large.png/220px-Japan_Kyushu_Region_large.png|right|thumb| Kyushu oroli, Yakuza aʼzolari eng koʻp joylashgan hudud. Kyushu oroli uzoq vaqtdan beri Yakuza aʼzolarining, shu jumladan, Yamaguchi-gumi Yakuzasidagi koʻplab taniqli boshliqlarining eng katta manbai boʻlib kelgan. Kitakyushu hududidan chiqqan Isokichi Yoshida (1867-1936) birinchi mashhur zamonaviy yakuza hisoblangan. Yamaguchi-gumidagi hozirgi ikkita eng kuchli klanning boshliqlari Shinobu Tsukasa va Kunio Inoue ham Kyushu hududidan kelib chiqishgan. Fukuoka, orolning eng shimoliy qismi, barcha prefekturalar orasida eng koʻp yaratilgan sindikatlarga ega.

Tashkilot va faoliyati

Tuzilishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Yakuza_hierarchy.png/220px-Yakuza_hierarchy.png|right|thumb| Yakuza ierarxiyasi Yakuza shakllanishida odamlar yaponlarning anʼanaviy ierarxik tuzilmasidan foydalanganlar, bunda kobun (子分 asrab olingan bola) ga sodiqlik koʻrsatadi. Keyinchalik, sadoqat va hurmat hayot tarzi boʻlgan kodi ishlab chiqilgan.

Oyabun-kobun munosabatlari bir piyoladagi sakeni tantanali ravishda baham koʻrish bilan rasmiylashtiriladi. Bu marosim faqatgina Yakuza uchun xos emas — u anʼanaviy yapon shinto toʻylarida ham oʻtkaziladi va shuningdek, u qasamyod qilingan birodarlik munosabatlarining bir qismi boʻlishi mumkin.

Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyada anʼanaviy tekiya/bakuto tashkilotlari soni kamayib ketdi, chunki butun aholi urushda qatnashish uchun safarbar qilindi va jamiyat qattiq harbiy hukumat nazorati ostiga oʻtdi. Biroq, urushdan keyin yakuza yana jonlandi.

Boʻlajak yakuzalar jamiyatning barcha qatlamlaridan chiqadi. Yakuza haqidagi eng taʼsirli hikoyalar toʻdalar oʻzlariga ota-onalari tashlab ketgan yoki surgun qilingan oʻgʻillarni qabul qilishlari haqida boʻladi. Koʻpgina boʻlajak yakuzalar oʻrta sinf yoki yuqori sinfda oʻqiyotganda oddiy koʻcha bezorilari yoki bosozoku toʻdalari aʼzolari sifatida yakuzaga kirib borishni boshlashadi. Yakuzaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli pastligi sababli, koʻp sonli yakuza aʼzolari Burakumin va etnik koreys millatiga mansub insonlardan tashkil topgan degan tahminlar bor.

Yakuza guruhlarini oyabun yoki boshqaradi, u oʻz qoʻl ostidagilariga, kobunga buyruq beradi. Shu nuqtai nazardan, tashkilot anʼanaviy yapon senpai-kohai (katta-kichik) modelining bir koʻrinishidir. Yakuza toʻdalari aʼzolari oʻz oilalari bilan rishtalarni uzib, toʻda boshligʻiga sodiq boʻlishga oʻtishadi. Ular bir-birlarini oila aʼzolari — otalar va aka-ukalar deb atashadi. Yakuzalar deyarli toʻliq erkaklardan iborat boʻlib, tan olinadigan juda kam sonli ayollar — bu boshliqlarning ayollari boʻlib, ularni unvoni bilan atashadi. 1980-yillarning boshida uchinchi Yamaguchi-gumi boshligʻi (Kadzuo Taoka) vafot etganida, uning rafiqasi (Fumiko) qisqa vaqtga boʻlsa ham, Yamaguchi-gumi boshligʻi lavozimini egalladi.

Yakuza murakkab tashkiliy tuzilishga ega. Sindikatning umumiy boshligʻi — kumicho va uning qoʻl ostida sayko-komon (katta maslahatchi) va so-honbucho (shtab boshligʻi) bor. Buyruqlar zanjiridagi ikkinchisi vakagashira boʻlib, u bir nechta toʻdalar uchun mas’ul boʻlgan fuku-honbucho yordamida mintaqadagi bir nechta toʻdalarni boshqaradi. Mintaqaviy toʻdalarning oʻzlari mahalliy boshligʻi shateigashira tomonidan boshqariladi.

Har bir aʼzoning bir-biriga bogʻliqligi sakazuki ierarxiyasi boʻyicha tartiblangan (sake almashish). Kumicho tepada boʻlib, turli xil larni boshqaradi. Sayko-komon turli joylarda yoki shaharlarda oʻz hududlarini boshqarishadi. Ularning oʻz yordamchilari, jumladan, boshqa kichik boshliqlar, maslahatchilar, buxgalterlar va ijrochilari bor.

Oyabundan shaxsan sake olganlar yaqin oila aʼzolari hisoblanib, aka-ukalik boʻyicha tartiblangan. Biroq, har bir kobun oʻzlariga bogʻliq tashkilot tuzish uchun oʻz qoʻl ostidagilarga sakeni oyabun sifatida taklif qilishi mumkin, bu esa oʻz navbatida quyi darajadagi tashkilotlarni paydo qilishi mumkin. 2500 ga yaqin korxona va 500 ta yakuza guruhini nazorat qiluvchi Yamaguchi-gumida beshinchi oʻrinda turadigan yordamchi tashkilotlar ham mavjud.

Marosimlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a1/Beato%2C_Felice_%281834_%E2%80%93_1907%29_-_Tattooed_japanese_men_-_ca._1870.jpg/170px-Beato%2C_Felice_%281834_%E2%80%93_1907%29_-_Tattooed_japanese_men_-_ca._1870.jpg|right|thumb| Irezumi tatuirovkasining dastlabki namunasi, 1870-yillar. Yubitsume, shuningdek otoshimae yoki barmoqni kesish tavba qilish yoki kechirim soʻrashni anglatadi. Birinchi marta notoʻgʻri ish sodir etganida, yakuza aʼzosi chap barmogʻining uchini kesib, kesilgan qismini boshligʻiga berishi kerak. Baʼzan kichik boshliqlar oʻz toʻdasining aʼzosini qutqarishni istasa, oyabunga oʻz barmogʻini kesib berishi mumkin. Bu anʼana politsiya uchun oson identifikator boʻlgani uchun yosh aʼzolar orasida bu odat kamayishni boshladi.

Barmoq kesishning paydo boʻlishi yapon qilichini ushlab turishning anʼanaviy usulidan kelib chiqadi. Har bir qoʻlning pastki uch barmogʻi qilichni mahkam ushlash uchun ishlatiladi, bosh va koʻrsatkich barmoqlari biroz boʻshashadi. Kichkina barmoqdan boshlab qoʻlning koʻrsatkich barmogʻigacha boʻlgan barmoqlardan qismlarning kesib tashlanishi odamning qilich ushlashini asta-sekin zaiflashtiradi.