CERN (; Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) 1954-yili tuzilgan xalqaro ilmiy tashkilot boʻlib, yadroviy fizika, xususan zarrachalar fizikasi sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.

CERN nomi tashkilotning eski atalishi: (Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) dan kelib chiqqan.

CERN dunyodagi eng katta zarrachalar fizikasi laboratoriyasi - Katta adron kollayderini ishlatadi.

Tadqiqotlar CERN laboratoriyalarida qator muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilib, muhim kashfiyotlar qilingan. Masalan: 1973: Gargamelle pufak kamerasida neytral tok ochilgan. 1983: UA1 va UA2 tajribalarida W va Z bozonlar topilgan. 1995: PS210 tajribasida antimateriya (antivodorod atomlari) olingan. 2011: Antivodorod 15 daqiqagacha saqlanib turilgan.Jonathan Amos [6-iyun 2011-yil]BBC © 2011 Retrieved 2011-06-‎06 2012: Massasi 125 GeV bozon topilgan, u uzoq kutilgan Higgs bozoni xossalarini tashiydi.

Bundan tashqari, CERNda asosiy dasturga kirmaydigan izlanishlar ortidan Tim Berners-Lee ishtirokida World Wide Web ixtiro etilgan.

right|thumb|CERNga aʼzo mamlakatlar.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Tashkilotlar