Degrezi koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Degrezi – „qozon quyuvchi, qozon yasovchi maʼnosini bildiradi. Koʻcha aholisi mazkur kasb bilan shugʻullangan. Guzarda avliyo Sayyid Abulhasan Pobandning mozori joylashgani sababli koʻcha baʼzida Sayyid Bandikusho nomi bilan ham ataladi. Mozor hozirgi kunda ham ziyoratgohga aylantirilgan.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari