Mehtar Anbar koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha mehtar lavozimini egallab turgan amaldor nomidan olingan. Ushbu atama „Ubaydullanoma“ asarida uchraydi. Guzarda shu nomdagi masjid mavjud. Mehtar Anbar koʻchasida istiqomat qilgan aholi guruch, chopon va hind harir matolari savdosi, shuningdek, Orenburgdan mol keltirib sotish bilan shugʻullangan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari