Flaminia Cinque (1964-yil 20-avgustda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. U Angliyaning London shahrida joylashgan. Uning ovozli rollari orasida Gophers!da ijro etilgan Lillian Gopher va Merv Wombat, Tinga Tinga Talesdagi Flamingo roli va Thomas & Friends animatsion teleserialidagi Ester kabi rollari mavjud. Cinque aktyor Vincenzo Nicoli bilan birga The Knot, Leap Year, Holy Cannelloni hamda Brothers of Italy filmlarida suratga tushgan.

Yoshligi Cinque 1964-yil 20-avgustda Angliyaning Cambridge shahrida tugʻilgan. U Bristol Old Vic teatr maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan.

Faoliyati Aktyorlik faoliyatini 1989-yilda kollejni tugatgach boshlagan. U Lysistrata (Gretsiya)dagi ochiq amfiteatrda va New Yorkdagi Broadwayda, New Victory Theatreda, More Grimm Tales kabi teatrlar sahnalarida rol oʻynagan. Aktrisa 2000-yilda Comedy Store Players guruhiga taklif qilingan.

U Buyuk Britaniyaning Londondagi Milliy teatrida David Harening The Permanent Way pyessasining asl tarkibining bir qismi boʻlgan, u Sidneyga (Avstraliya) gastrol qilgan. Uning televizion chiqishlari orasida Any Human Heart, Ultimate Force, The Ruth Rendell Mysteries, The Bill, EastEnders, Doctors hamda New Tricks mavjud. Uning filmdagi chiqishlari orasida Mr. Bean's Holiday, Bridget Jones: The Edge of Reason, Show Dogs, What a Girl Wants, Leap Year hamda The Knot filmlari bor. U BBC Radio 4 dasturida 2001-yildan 2002-yilgacha davom etgan All the Young Dudes dasturida Maria rolida paydo boʻladi.

Shaxsiy hayoti Buyuk Britaniyaning Cambridge shahrida italiyalik ota-onasining (Shimoliy-Sharqiy Italiyadagi Emilia-Romagna mintaqasidagi Brisighella va Neapol yaqinidagi Sorrento shahrida) oilasida tugʻilgan. U ingliz va italyan tillarida gaplasha oladidi va turmush oʻrtoʻgi Gerald Heward bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qiladi. U fransuz va ispan tillarini ham biladi. 1997-yildan beri aktrisa Bandini qoʻmitasi (1967-yil Monte Carlo Grand Prixida vafot etgan afsonaviy F1 haydovchisi Lorenzo Bandini nomidan Formula 1 yangi haydovchilarini kiyim bilan taminlash kompaniyasi)ning London muxbiri/tarjimoni va boshlovchisidir.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1992Road TripChiroyli italyanQisqa metrajli film1996CandysackItaliyalik Merilin Monroga taqlid qiluvchi (ovoz)2000Room to RentMargreta2000Chicken RunQoʻshimcha tovuq (ovoz)Akkreditvsiz2003What a Girl WantsCaterer2004Bridget Jones: The Edge of ReasonCorset xonim2006WednesdayJaniceQisqa metrajli film2007Mr. Beanʼs HolidayHotel Maid2007CakeGiulinaQisqa metrajli film2010Leap YearCarla2012TezzPassenger #52012The Knotxonim Fernandez2016Worst FearsJaniceSegment: #2: „Wednesday“2018Show DogsSpa Manager2018Brothers of ItalyMaddalena PetruccoQisqa metrajli film2019Thomas & Friends: Digs and DiscoveriesEster (ovoz)Buyuk Britaniya/AQSh versiyalari2019Holy CannelloniMamma RosaQisqa metrajli film2020Made in ItalyDeli Owner Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar