Cristiane Rozeira de Sousa Silva (1985-yil 15-may sanasida, Braziliyaning Osasko shahrida tugʻilgan) – Cristiane nomi bilan tanilgan, braziliyalik futbolchi. Flamengo va Braziliya terma jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Beshta jahon chempionati va toʻrtta Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 va 2008-yilgi olimpiada oʻyinlarida Braziliya ayollar terma jamoasi bilan kumush medal sohibi boʻlgan.

Klublar darajasida Cristiane oʻz vatani Braziliyadan tashqari Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, AQSh, Rossiya va Janubiy Koreyada professional futbolchi sifatida oʻynagan.

Biografiyasi

Jamoalardagi faoliyati U oʻz uyidagi faoliyatini San Bernardo-du-Kamponing „San Bernardo“ klubi yoshlar jamoasi va San-Pauluning „Atletiko Yuventus“ klublarida boshlagan.

2005-yil fevral oyida u Germaniyaning „Turbin“ klubiga oʻtgan. Klub tarkibida bir yarim mavsum oʻtkazgan va 2006-yilgi Germaniya kubogida gʻolib boʻlgan. 2005-yilgi mavsumda UEFA kubogi gʻolibi, 2006-yilda esa finalchi boʻlgan. 2006-07-yilgi mavsum avvalida boshqa nemis klubi „Volfsburg“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2008-yil boshida Shvetsiya chempionatining „Linköping“ klubi bilan olti oylik shartnoma imzolagan va klub tarkibida olimpiadagacha oʻynagan. Olimpiadadan keyin bir muddat vataniga qaytgan va Braziliya klublarida oʻynagan.

2008-yil sentyabr oyida u WPS Amerika ligasi tomonidan tuzilgan Chikago Red Stars tarkibida oʻynay boshlaganChicago Red Stars Sign Brazilian Sensation Cristiane. 2009-yil 12-iyulda Gold Pridega qarshi oʻyinda (3:1) liga tarixidagi birinchi xet-trikni amalga oshirgan. Birinchi mavsumda u 7 ta gol bilan oʻz klubining eng yaxshi hujumchisi boʻlgan. Keyingi mavsumda u 24 ta oʻyinda atigi 3 ta gol urgan va mavsum oxirida erkin agent sifatida jamoani tark etganRELEASED. Red Stars let Cristiane go.

2009-yil avgust oyida Braziliyaning „Santos“ klubiga uch oyga ijaraga berilgan. Santos klubi safida Libertadores kubogi va Braziliya kubogi sohibasiga aylangan.

2011-yil sentyabr oyida u Rossiyaning „Rossiyanka“ klubiga oʻtgan. Rossiya chempionatida u 10 ta oʻyinda 10 ta gol urdi va chempionat gʻolibasiga aylangan. Chempionlar ligasida 6 ta oʻyinda 3 ta gol urgan va klub bilan chorak final bosqichiga qadar yetib borgan.

Rossiya klubini tark etgach, Braziliyada „San-Xose“ va „Sentro Olimpiko“ jamoalarida oʻynadi. shuningdek, 2013-yilda bir muddat Janubiy Koreyaning Icheon Daekyo klubi safida oʻynagan.

2015-yilda boshqa braziliyalik Erika bilan birgalikda u Fransiyaning Parij Sen-Jermeniga koʻchib oʻtgan, klubga „Rossiyanka“dagi faoliyatidan tanish boʻlgan Farid Benstiti murabbiylik qilgan. Cristiane jamoada ikki mavsum oʻtkazgan, Fransiya chempionatida 36 oʻyin oʻtkazgan hamda 26 ta gol urgan. Klub tarkibida 2015-2016-yilgi Fransiya vitse-chempioni, 2016-2017-yilgi Fransiya kubogi finalchisi boʻlgan. Parij klubi Chempionlar ligasida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 12ta gol urgan va 2016-2017 yilgi Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.

2017-yilning iyun oyida Xitoyning Changchun Zhuoyuei klubiga oʻtgan va 2019-yilgacha oʻynagan.

Jamoa faoliyati 15 yoshida u birinchi marta Braziliya yoshlar (19 yoshgacha) terma jamoasiga kiritilgan. 2002 va 2004-yillarda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida qatnashgan ikkalasida ham toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

U 2003-yilda Braziliya terma jamoasida debyut qilgan. U oʻzining ilk golini 2003-yil 27-aprelda Janubiy Amerika chempionatida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda (12:0) zaxiradan maydonga tushganidan soʻng kiritdi va ushbu turnir gʻolibiga aylandi.

2003-yilda u birinchi marta Jahon kubogining final turnirida ishtirok etdi, 4 ta oʻyin oʻtkazdi, ularning barchasida zaxiradan maydonga tushdi. 2007-yilda u Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi (6 ta oʻyin, 5 ta gol), turnir natijalariga koʻra u ramziy terma jamoaga kiritildi va ekspertlar soʻrovida uchinchi oʻrin sifatida bronza toʻpini oldiKing Kaka and Marta crowned. 2011 yilda oʻz jamoasi bilan chorak finalchi (4ta oʻyin, 2 ta gol), 2015 (3 ta oʻyin) va 2019 (4 ta oʻyin, 4 ta gol)da esa 1/8 finalda magʻlub boʻldi. 2019-yil 9-iyun kuni guruh bosqichida Yamaykaga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qildi.

2004-yilgi Olimpiadada u kumush medal sovrindori boʻldi va 5 ta gol urib, germaniyalik Birgit Prinz bilan eng yaxshi toʻpurar unvonini qoʻlga kiritdi. 2004-yil 17-avgustda Gretsiya bilan guruh bosqichida (7:0) oʻyinda xet-trik qilgan. 2008-yilgi Olimpiadada u yana finalchi va ketma-ket ikkinchi marta eng yaxshi toʻpurarga aylandi (6 ta oʻyinda 5 ta gol). U 2008-yil 12-avgustda Nigeriyaga qarshi guruh bosqichida (3:1) xet-trik qayd etgan. 2012-yilgi Olimpiadada u oʻz jamoasi bilan chorak finalga chiqdi, 4 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta gol urdi. 2016-yilgi Olimpiadada u toʻrtinchi oʻrinni egalladi (4 ta oʻyin, 2 ta gol). U Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi (14 ta gol).

Bir necha bor qitʼa turnirlarining gʻolibi va sovrindori boʻlgan. 2003-yilda Janubiy Amerika chempioni, 2006-yilda kumush medal sohibi, 2010-yilgi chempionat gʻolibi (8 ta gol) 2015-yilda yana Panamerika oʻyinlari gʻolibi va eng yaxshi toʻpurari (5 ta oʻyinda 7 ta gol), Ekvador bilan oʻyinda (7: 1) u terma jamoadagi faoliyati davomida eng yaxshi natijani koʻrsatdi yaʼni 5 ta gol urgan.

2007-2008 yillarda FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi tanlovida uchinchi oʻrinni egalladi.

Umuman olganda, 2020-yil boshida u terma jamoa uchun 96 ta gol urgan.

Shaxsiy hayoti Cristiane ochiqchasiga lezbiyan boʻlib, 2019-yilning fevral oyidan beri huquqshunos Ana Paula Garcia Silva bilan munosabatda. Ular 2020-yil 15-avgustda Braziliyaning San-Paulu shahrida nikohdan oʻtishgan. Cristianening oʻgʻli Bento 2021-yil 26-aprelda dunyoga kelgan.

Yutuqlari

Santos

Libertadores kubogi: 2009 Braziliya kubogi: 2009 Copa Paulista: 2020

1. FFC Turbine Potsdam

UEFA ayollar kubogi: 2004–05 Bundesliga: 2005–06

San-Paulu

Braziliya ayollar futboli A2 seriyasi chempionati: 2019

Braziliya

FIFA ayollar jahon chempionati ikkinchi o‘rin sohibi: 2007 Panamerika o‘yinlari: 2007, 2015 Yozgi Olimpiada kumush medali: 2004, 2008 Janubiy Amerika ayollar chempionati: 2003 Amerika ayollar kubogi: 2014

Shaxsiy yutuqlar

Amerika ayollar kubogining eng samarali hujumchisi: 2014 (6 gol) FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchinchi o‘rin sovrindori: 2007, 2008 FIFA ayollar jahon chempionatining bronza to‘pi uchinchi o‘rin sohibi: 2007 Libertadores ayollar kubogining eng samarali hujumchisi: 2009, 2012 Janubiy Amerika ayollar chempionatining eng samarali hujumchisi: 2006 Yozgi Olimpiadaning eng samarali hujumchisi: 2004, 2008 FIFA ayollar jahon chempionatining eng chiroyli goli: 2019 IFFHS CONMEBOL 2011–2020-yillar o‘n yilligining eng yaxshi ayollar jamoasi a’zosi Yozgi Olimpiada tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi: 14 ta gol Olimpiya o‘yinlarida 2 ta xet-trik qayd etgan, jumladan Olimpiya tarixidagi eng tezkor xet-trikni ham amalga oshirgan. Olimpiadada xet-trik qayd etgan ayollar orasida faqat to‘rt nafar sportchi - Kristian, Barbra Banda, Birgit Prinz va Christine Sinclair bor.

Manbalar

Havolalar

2007-yil dekabr oyida FIFA shtab-kvartirasidagi intervyu videosi Santos oʻyinchisi profili

Linköpings player profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik ayol futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir ayol futbolchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2004-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar