Róger Gómez Tenorio () (1965-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi Kosta-Rikalik futbolchi. Roger Gomez Tenorio xalqaro maydonda Kosta-Rika terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Jamoalardagi faoliyati Kosta-Rikaning Palmar Sur shahrida tugʻilgan Gomes Municipal Osa jamoasida oʻzining proffesional faoliyatini boshlaagan. Cartagines va Herediano klublarida ham oʻynagan hamda faoliyati davomida 119 ta gol urgan. Bu gollariing 38 tasi Herediano jamoasida oʻynb yurgan paytlarida kiritgan. U 1995-yilning noyabrida Herediano tomonidan yomon mavsumdan soʻng klub faoliyatidan boʻshatilgan.
U 1986-yildan 2002-yilgacha Kosta-Rika Primerasida jami 524 ta oʻyinda maydonga tushib ularni yuqori saviyada oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati Kosta - Rikada futbolchini El Policia laqabi bilan koʻpchilik yaxshi tanishadi. 1990-yilning may oyida Polsha terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Kosta-Rika terma jamoasi safida debyut qilgan va jami 19ta oʻyinda maydonga tushib, terma jamoa uchun 4ta gol urgan. U 1990-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan va ularning toʻrtta oʻyinidan uchtasida maydonga tushgan. U 1991-yilda UNCAF Millatlar kubogi tarixidagi birinchi golini urgan va 1991-yilda CONCACAF Oltin Kubogida ham Kosta-Rika terma jamoasi safida oʻynaganCONCACAF Championship, Gold Cup 1991 — Full Details — RSSSF.
U 1992-yil 8-noyabrda Kosta-Rika terma jamoasidagi soʻnggi uchrashuvni Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Xalqaro maydondagi gollar SanaJoyRaqibNatijaHisobMusobaqa1.26.05.1991Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José Honduras1-02-01991 UNCAF Millatlar kubogi2.29.05.1991Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José El Salvador6-17-11991 UNCAF Millatlar kubogi3.29.06.1991 Pasadena, AQSH Gvatemala1-02-01991 CONCACAF Oltin kubogi4.27.11.1991Los Angeles, AQSH1-11-1Oʻrtoqlik oʻyini
Murabbiylik faoliyati Oʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Gomez murabbiylik yoʻlini tnalagan. Uning ilk murabbiy boʻlgan klubi bu Osa. Shundan keyin Gomez Kosta-Rikaning bir qancha mahalliy jamoalar hamda Panamaning „Atletiko Veragüense“ jamoasini boshqargan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar