Veronica Carlson (Veronica Mary Glazier; 18-sentabr, 1944-yil, Angliyada tugʻilgan – 27-fevral, 2022-yilda vafot etgan) britaniyalik aktrisa boʻlib, Hammer horror films tomonidan suratga olingan dahshat janriga oid filmlardagi rollari orqali tanilgan. 2019-yilda u Rondo Hatton Classic Horror Awards Monster Kid shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Hayoti va faoliyati Carlson Angliyada joylashgan West Riding of Yorkshire shahridagi Emley tumanida Veronica Mary Glazier ismi ostida uy xizmatchisi Edith (Allatt) va RAF zobiti William Glazierlarning qizi sifatida tugʻilgan. U bolaligining koʻp qismini otasi ishlaydigan Gʻarbiy Germaniyada oʻtkazgan. Veronica Thetford qizlar maktabida, Lady Verney High School maktabida, High Wycombe, keyinchalik esa, High Wycombe sanʼat va yexnologiya kollejida sanʼat boʻyicha tahsil olgan. Aynan shu yerda uning aktrisalik orzusi ushladi hamda kollej sharhlari va operettalarida qatnashadi.

Hammer Films kompaniyasi rahbari James Carreras gazetada uning fotosuratlaridan birini koʻrib, unga Dracula Has Risen from the Grave (1968) filmida Christopher Lee qarshi rol oʻynashni taklif qiladi. U yana ikkita Horror Films Production tomonidan suratga olingan filmlarida rol oʻynagan: Frankenstein Must Be Destroyed (1969) hamda The Horror of Frankenstein (1970). Veronicaning soʻzlariga koʻra, Hammer Horrorda ishlash unga katta iliq oilaning bir qismi boʻlgandek tuyulgan„Veronica Carlson obituary“. The Times. 4 March 2022. Retrieved 4 March 2022..

Shuningdek, u 1969-yilda Randall and Hopkirk (Deceased) kartinasing epizodi boʻlmish The Ghost Who Saved the Bank at Monte Carloda, Roger Moore bilanThe Saint televizion serialining ("The Man who Gambled with Life"; oxirgi 3ta epizoddan biri) epizodida hamda Department S TV serialining epizodi ("The Double Death of Charlie Crippen")da oʻzini namoyon qilgan.

Carlson Anthony Ainley, Roger Lloyd-Pack va Patricia Cutts bilan birga Spyder's Web (1972) teletriller serialining toʻrtta asosiy qahramonlaridan biri sifatida rol ijro etadi. Aktrisa 1975-yilda Public Eye filmida Ray Lonnen gavdalantirgan, qidiruvda boʻlgan bank oʻgʻrisi/gangster Knaggsning nemis qiz doʻsti Ingrid obrazi uchun kichik epizodda rol ijro oʻynagan.

Carlson 2022-yil 27-fevralda 77 yoshida vafot etdi.

Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar+Filmlarda1967Casino RoyaleUzun boʻyli, sariqchadan kelgan qizAkkreditivsiz1967The Magnificent TwoInqilobiyAkkreditivsiz1967Smashing TimePremyerada kino aktrisasi1968HammerheadUlla1968Dracula Has Risen from the GraveMaria1969Frankenstein Must Be DestroyedAnna Spengler1969The Best House in LondonLilyAkkreditivsiz1969CrossplotDinah1970Pussycat, Pussycat, I Love YouLiz1970The Horror of FrankensteinElizabeth Heiss1974VampiraRitva1975The GhoulDaphne1994Black EasterPsixiatr1995FreakshowGrace Harmsworth2016Stellar Quasar and the Scrolls of DadeliaSayang2019House of the GorgonAnna Banning2021Night of the DevilQisqa metrajli film The Rectoryxonim Whitehouse SarlavhaYilRolIzohlar+Televizion rollari1968ITV PlayhouseSally"The Photographer" (S1E18)1969The SaintVanessa Longman"The Man Who Gambled with Life" (S6E18)1969Department SGina"The Double Death of Charlie Crippen" (S2E20)1969Randall and Hopkirk (Deceased)Suzanne"The Ghost Who Saved the Bank of Monte Carlo" (S1E11)1971HineAmanda"Everything I Am I Owe" (S1EP12)1972Spyder’s WebWallis Ackroyd1-mavsum (bosh rol, barcha 13ta epizodda)1975Public EyeIngrid Borg"Hard Times" (S7E7)

Manbalar

Havolalar

Veronica Carlson HorrorStarsda 2001-yil Carlsonning Rusty Whites film olamida intervyusi Veronica Carlsonning Classik Film va TV kafesida intervyusi

Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar