Zenith SA () – Shveysariyaning hashamatli soatlar ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya 1865-yilda Neuchatel kantonidagi Le Lockleda 22 yoshli Georges Favre-Jacot tomonidan tashkil etilgan. 1999-yil noyabr oyida LVMH Zenith SA ni sotib oladi va uni TAG Heuer va Hublot bilan birga soat brendlari portfeliga qoʻshadi. 2017-yildan bosh direktor lavozimida Julien Tornard ishlab kelmoqda. Zenith oʻz ichki mexanizmlarini ishlab chiqaradigan kam sonli Shveysariya soat ishlab chiqaruvchilardan biridir.

Galereya

Mashhur soat sohiblari Mahatma Gandi signal funksiyali Zenith choʻntak soatidan foydalangan, uni Hindistonning uchinchi Bosh vaziri Indira Gandiga bergan. 2009-yil 5-martda choʻntak soati Gandining boshqa shaxsiy buyumlari bilan birga Nyu Yorkdagi Antiquorum auktsionida 2 096 000 AQSh dollariga sotildi. Manbalar

Havolalar

Zenith rasmiy sayti Zenith was born 150 years ago

Turkum:Soatlar