Wendy's (soʻzma-soʻz – „Vendida“; ) – AQShning The Wendy's Companyga tegishli tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dublinda (Ogayo shtati) joylashgan.

Tarmoq butun dunyo boʻylab franshiza asosida ochilgan 6207 ta restoranga ega (2017-yil yanvar oyi maʼlumotlari), restoranlarning 77 foizi Shimoliy Amerikada joylashgan, Burger King, Subway va McDonald's tarmoqlarining asosiy raqobatchisi hisoblanadi.

Wendy's restoranlari 10 turdagi mol goʻshtli va 9 turdagi tovuq goʻshtli burgerlar, bir nechta turdagi qovurilgan kartoshka, pishirilgan kartoshka, 5 turdagi salat, „Chili“ hamda 30 ga yaqin shirinliklar va ichimliklarni oʻz ichiga olgan mahsulotlar sotadi. Bundan tashqari, har mavsumda assortiment yangilanadi.

Wendy's’ga kelgach, tashrif buyuruvchi shaxsiy xohish-istaklariga qarab burger uchun masalliq buyurishi mumkin – bu yerda tayyor burgerlar sotilmaydi, yemak har bir tashrif buyuruvchi buyurtma berilgandan soʻng alohida tayyorlanadi. Havolalar Rasmiy veb-sayt

Turkum:Fastfud tarmoqlari