Dunyo aholisi - maʼlum bir vaqtda Yerda yashovchi barcha odamlar sonining umumiy yigʻindisidir. 2025-yil 1-aprel holatiga koʻra, dunyo aholisi taxminan 8,214 milliard kishiga yaqin.

1970-yillarga qadar dunyo aholisi giperbolik tarzda oʻsgandi; 1990-yildan boshlab esa, dunyo aholisining oʻsish surʼatining sekinlashuvi kuzatilmoqda, 1990-yilda oʻsish 87,4 millionni tashkil etgan boʻlsa, 2000-yillardagi oʻrtacha oʻsish 1963-yilga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, 1994-2014-yillarda 60 yoshdan oshgan odamlar soni ikki baravar koʻpaydi va 2014-yilga kelib dunyoda qariyalar soni besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshib ketdiOON: naselenie Zemli dostiglo 7,2 mlrd chelovek // Vesti Ekonomika. CIA World Factbook ning 2020-yil boʻyicha maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya dunyodagi barcha mamlakatlar orasida eng yuqori oʻrtacha yoshiga ega — 48,6. 2020-yil holatiga koʻra, Yaponiya aholisining 29,18 foizi 65 yoshdan oshgan.

2009-yilda insoniyat tarixida birinchi marotaba shahar aholisi soni qishloq aholisi soniga tenglashdi va 3,4 milliard kishini tashkil qildiV 2009 godu chislo gorojan vpervie sravnyalos s chislom selskix jiteley, sostaviv 3,4 milliarda chelovek. Kelajakda ham, shahar aholisi dunyo aholisining ortib borayotgan qismini tashkil etishi kutilmoqda (yaʼni, shahar aholisi butun dunyo aholisidan tezroq oʻsishda davom etadi). 2020-yil holatiga koʻra, dunyo aholisining 56,2 % shaharlarda istiqomat qiladi. BMT tadqiqotlariga koʻra 2050-yilda dunyo aholisining 68,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladiWorld Population Clock: 7.8 Billion People (2020) — Worldometer.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyo aholisi 7,674 milliard kishini tashkil etdiDatatopics. Worldbank.org.

2020-yil koʻrsatkichlari boʻyicha dunyo aholisining 59,5 foizi Osiyoda, 17,2 foizi Afrikada, 9,6 foizi Yevropada, 8,4 foizi Lotin Amerikasida, 4,7 foizi Shimoliy Amerikada, 0,5 foizi Okeaniyada istiqomat qiladi. 2050-yilda, BMT dunyo aholisining 55,8 foizi Osiyoda, 26,3 foizi Afrikada, 8,0 foizi Lotin Amerikasida, 7,5 foizi Yevropada, 4,5 foizi Shimoliy Amerikada, 0,6 foizi — OkeaniyadaPopulation of Asia (2020) — WorldometerPopulation of Africa (2020) — WorldometerPopulation of Europe (2020) — WorldometerPopulation of Latin America and the Caribbean (2020) — WorldometerPopulation of Northern America (2020) — WorldometerPopulation of Oceania (2020) — Worldometer yashaydi deb taxmin qilmoqda.

2014-yilda BMT va Vashington universiteti olimlari 2100-yilga kelib Yer aholisi 11 milliard kishiga yetadi degan xulosa kelishgandi. Vashington universiteti olimlarining keyingi (2020) hisob-kitoblariga koʻra, 2100-yilga kelib dunyo aholisi 8,8 milliard kishini tashkil qiladi.

Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlat — Xitoy, ikkinchi oʻrinda Hindiston turadi. 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi aholi soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turar edi, u parchalanganidan keyin, 2006-yildan keyin 300 milliondan ortiq aholiga ega Amerika Qoʻshma Shtatlari uchinchi oʻrinni egalladi. Indoneziya va Pokiston aholi soni boʻyicha toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarda; Nigeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya mos ravishda oltinchi, ettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni egallagan.

Milliardlar thumb|500x500px| Ranglar boʻyicha aholi sonining 2019-yilga koʻra holati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisi soni yillar kesimida quyidagi qiymatga ega:

1 milliard — 1804; 2 milliard — 1927; 3 milliard — 1960; 4 milliard — 1974; 5 mlrd — 1987-yil 11-iyul; 6 milliard — 1999-yil 12-oktyabr[ World Population Hits 6Billion] ; 7 milliard — 2011-yil 31-oktyabrPopulation seven billion: UN sets out challenges — BBC News ; 8 milliard — 2022-yil 15-noyabr (taxminan). Agar aholi sonining oʻsish dinamikasi keskin oʻzgarishlarga uchramasa, 9 milliard kishilik marrani taxminan 2042-yilga qadar bosib oʻtiladi.

Jamgʻarma baʼzi bolalarni shartli ravishda sayyoramizning 5, 6 yoki 7 milliard aholisi deb eʼlon qilib Shartli Tadbirlar tashkil qilib turadi.

Gollandiyaning matematika va informatika markazining statistik mutaxassisi Piter Grunvaldning taxminiy hisob-kitoblariga koʻra, insoniyatning 162 ming-yillik tarixida Yerda 107 milliarddan ortiq odam tugʻilgan.

Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlatlar  — 1 423 761 000 ;  — 1 412 600 000 ;  — 333 341 174 ;  — 278 773 800 ;  — 229 488 994 ;  — 216 746 934 ;  — 215 407 834 ;  — 168 220 000 ;  — 147 190 000 ;  — 128 271 248 .

Manbalar

Turkum:Demografiya Turkum:Geografiya