Inileyev Rauf Talgatovich (1950-yil 8-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) —oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Faoliyati Futbolchi sifatidagi karyerasi Rauf Inileyev oʻzining professional faoliyatini 1973-yil boshida futbolchi sifatida boshlagan. Oʻsha yili u Toshkentning „Pahtakor“ jamoasida toʻp surgan boʻlishiga qaramasdan asosiy jamoaga qoʻshila olmagan va 1975-yilda klubni tark etganЛучший тренер АФК 2007, 07.12.2007. Keyingi yillarda „Mehnat“ (Jizzax), „Start“ (Toshkent) va „Star“ (Jizzax) klublarida oʻynagan.
1988-yilda esa uning oʻyin faoliyati yakunlangan.
Murabbiy sifatida ishga qabul qilinishi
1989-yildan Jizzax viloyatidagi „Yoshlik“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 1993-yil Toshkentda yangi tashkil etilgan „Chilonzor“ jamoasiga taklif qilingan va u yerda 1996-yilgacha faoliyat yuritgan. 1997-yilda „Soʻgʻdiyona“ futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi va 2000-yilgacha Jizzaxda ishlaydiПоздравляем лучшего тренера Азии: Рауфу Инилееву 60 лет!, 7 Сентября 2010. Keyinchalik u „Shoʻrtan“ va „Andijon“ kabi klublarni ham boshqargan.
2006-yil boshida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Oʻsha yili Inileyev terma jamoasi bilan Qatarda boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari chorak finaliga qadar yetib borgan. Keyinchalik 2006-yilning oxirida Valeriy Nepomnyashchiy bosh murabbiy lavozimidan bo ‘shatilganidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2007-yil Osiyo Kubogida terma jamoa bilan birga ishtirok etganСборную Узбекистана возглавил Инилеев, 31.12.2006 . Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalga chiqadi va Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnirni tark etadi. Rauf Inileyev oʻsha yili Oʻzbekistonda va „OFKda yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan.
2008-yil sentabr oyida 2010-yilgi jahon chempionati uchun saralash bahslari doirasida muvaffaqiyatsiz matchlardan soʻng Inileyev Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan chetlatiladi.
2009-yil yanvar oyida Rauf Inileyev „Buxoro“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi ammo shu mavsum oxirida Buxoro Oliy ligadan birinchi ligaga tushib, 15-oʻrinni egallaganligi sababli ishdan boʻshatiladi.
2010-yil 22-mart kuni Inileyev birinchi ligaga koʻtarilib olgan „Soʻgʻdiyona“ga bosh murabbiy etib tayinlagan. Bir yil oʻtib, Inileyev „Soʻgʻdiyona“ ni Oliy ligaga olib chiqdi ammo oʻsha mavsumda jamoa yana birinchi ligaga tushib ketadi. Bu magʻlubiyatdan keyin Rauf Inileyev yana ushbu klubni tark etadi.
2014-yil 21-yanvar kuni Inileyev Qozogʻistonning birinchi ligasida ishtirok etadigan Qozog istonning „Maxtaaral“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ammo 2014-yil 30-iyun kuni „Maxtaaral“ bosh murabbiyi lavozimidan isteʼfoga chiqadi. 2016-yil dekabr oyidan Toshkentning „Obod“ klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Yutuqlari 2007-yilda „OFKdagi yilning eng yaxshi murabbiyi“; 2007-yilda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Shoʻrtan klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Obod futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2007 murabbiylari