Vagiz Iskandarovich Galiulin (1987-yil 10-oktabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi.

Faoliyati

thumb|250x250px Oʻzbekiston chempionati U Oʻzbekistonning „Andijon“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. U Buxoro FKga oʻtishdan oldin u yerda uchta oʻyin oʻtkazgan va Andijonliklar trkibida faqat bir marta maydonga tushgan.

Rubin Qozon 2006-yilda u nomaʼlum pul evaziga Qozonning „Rubin“ jamoasiga oʻrinbosar sifatida oʻtgan. U 2007-yilning 7-martida „Rostov“ ga qarshi Rossiya kubogi chorak finalida „Rubin“ jamoasi safida debyut qilgan. 2008-yil 5-avgustda u „Rubin“ uchun birinchi golini Rossiya kubogi 1/32 bosqichida „Smena Komsomolsk-na-Amure“ga qarshi oʻyinda kirigan. Kubokning oʻsha mavsumida „Rubin“ finalga chiqgan, ammo Galiulin birinchi turdan boshqa hech qanday raundda oʻynamgan. U 2008-yilning 16-noyabrida CSKAga qarshi oʻyinda Rossiya Premyer-ligasida debyut qilgan.

2010-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga MDH kubogini yutishda yordam bergan. Shundan soʻng u ikki mavsumni ijara asosida „Sibir Novosibirsk“da oʻtkazgan va 30 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2012-yil iyul oyida u Nijnekamskning „Nefteximik“ klubiga ijara asosida oʻtgan va 19 oʻyinda maydonga tushib 2 gol urgan.

2013-yilning 25-iyulida, uch mavsumlik tanaffusdan soʻng, „Rubin“ning katta jamoasida oʻynamay, Galiulin „Yagodina“ga qarshi UEFA Yevropa ligasi javob uchrashuvini boshlagan. U yorqin oʻyin oʻtkazgan va Gokdeniz Karadenizga yordam berib, oʻyindagi yagona golga mualliflik qilgan.

Tosno FK U 2018-yil 9-may kuni Volgograd Arenada „Tosno“ FC Avangard Kurskga qarshi 2017-18-yilgi Rossiya kubogi finalida gʻalaba qozonganida asosiy tarkibda oʻynagan. Andijon Vagiz 2025-yilgi mavsum ikkinchi yarmini Oʻzbekistonning „Andijon“ klubida oʻynagan.

Terma jamoadagi faoliyati Galiulin 14 ta oʻyinda qatnashgan Oʻzbekistonlik xalqaro futbolchi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2008-yilning sentabrida Qatarga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan xolda amlaga oshirgan.

2011-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Yutuqlari

Klub Rubin

Rossiya chempioni: 2008 Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2010 Tosno

Rossiya kubogi: 2017-18

Andijon

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024

Faoliyat statistikasi

thumb|250x250px thumb|250x250px KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFC Andijon2004Oʻzbekiston ligasi3000--30FK Buxoro20051000--10FC Rubin Kazan2006Premyer Liga000000-0020070010--1020081011--212009001000-1020107010001090FC Sibir Novosibirsk1100000-1102011-12FNL19000--190Jami300000000300FC Neftekhimik Nizhnekamsk2012-13FNL19200--192FC Rubin Kazan2012-13Premyer Liga000000-002013-14000010-10Jami80411010141FC Ufa2014-15Premyer Liga23010--2402015-169020--110Jami320300000350FC Tosno2015-16FNL9200--922016-1731431--3452017-18Premyer Liga23341--274Jami6397200007011Karyerada jami15611143101017214

Manbalar

Havolalar

Vagiz Galiulin Profil FNL rasmiy saytida Vagiz Galiulin Rubin Qozon profili (rus tilida) Vagiz Galiulin

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Sibir Novosibirsk futbolchilari Turkum:FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari Turkum:FC Ufa futbolchilari Turkum:FC Tosno futbolchilari Turkum:FC Tambov futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari