Kimberlin Ann Brown Pelzer (1961-yil 29-iyunda tugʻilgan) — amerikalik televideniye aktrisasi, 1990-yildan boshlab CBS telekanalining kunduzgi The Young and the Restless va „The Bold and the Beautiful“ serialida Sheila Carter roli bilan tanilgan.

Faoliyati Brown oʻz karyerasini model sifatida Parij, Tokio va Milanda boshlagan. Keyinchalik u Los Angelesga qaytib keladi va ABC telekanida efirga uzatilgan Fantasy Island serialining epizodida televizion debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik Brown „Back to School“ (1986), „Eye of the Tiger“ (1986), „Whoʻs That Girl“ (1987) and „18 Again!“ (1988), shuningdek, 1987-yilda Capitol tv serialida oʻzining seriallardagi debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik u Santa-Barbarada Candace Durrell/Danielle Steele rolini gavdalantirdi.

Browndan 2010-yil boshida The Young and the Restless tashkilotiga qaytishni soʻrashgan edi, ammo, keyinchalik uni olib tashlashgan. U 2010-yil oktyabr oyida "All My Children" filmida qisqa muddat davomida hakam sifatida faoliyat yuritadi. 2011-yilga kelib Brown Gregori J. Martinning The Bay veb-serialida paydo boʻladi. U psixiatr doktor Grace Drumni tasvirlaydi. Aktrisa birinchi marta yozgi maxsus „Far From The Bay“ kartinasida paydo boʻladi hamda serialning ikkinchi mavsumida davom etadi. Brown 2017—2018-yillarda va 2021-yil avgustida B&Bda Sheyla rolida koʻrinish beradi.

Brown va uning eri Gary Pelzer kichik biznes egalari sifatida Californiada avokado yetishtiruvchi fermaga egalik qiladilar va boshqaradilar.

Siyosatda Brown Respublikachilar partiyasi aʼzosidir. 2016-yilda Brown 2016-yilgi Respublikachilar milliy qurultoyida Donald Tramp rasman partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan kechada maʼruzachi sifatida nutq soʻzlagan. Oʻz nutqidan soʻng, Brown Fox Business Networkda Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagani, uning siyosati uning karyerasiga qanday taʼsir qilishi va anjumanda maʼruzachi boʻlishi eʼlon qilinganidan beri unga qanday munosabatda boʻlishi haqida juda hayajonlangan ohangda taʼkidlab oʻtadi.

2017-yil oktyabr oyida Brown 2018-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan saylovda demokrat Raul Ruizga raqiblik qilib, Californianing 36-kongress okrugi uchun respublikachi sifatida oʻz nomzodini rasman eʼlon qiladi. U saylovlarda 40,98 foiz ovoz toʻplagan holda Ruizning 59,2 foiz yiqqan ovozidan ortda qoladi.

Shaxsiy hayoti Brown Californianing Hayward shahrida tugʻilgan va San-Diegoda oʻsib ulgʻaygan. U 1991-yil may oyidan beri Gary Pelzer bilan oila qurib, birga yashab kelmoqda. Ularning ikki farzandi bor: Alexes Marie va Nicholas.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1986Back to SchoolGirl in Dorm Hallway1986Eye of the TigerDawn1987Whoʻs That GirlRachel198818 Again!Receptionist1992The Opposite Sex and How to Live with ThemLeeza2003Becoming MartyLinda2008Proud AmericanLisa2011The NecklaceMargaretQisqa metrajli film2012Just an AmericanLisa20135 Hour FriendsCarla Bianchi

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1984Fantasy IslandModelEpizod: „Don Juanʼs Last Affair/Final Adieu“1985T.J. HookerHostageEpizod: „Funny Money“1987CapitolDanny1990Santa BarbaraCandace Durrell/Danielle Steele1990DragnetLauren JamesEpizod: „The Book“1990The New Adam-12WomanEpizod: „Neighbors“1990-1995, 2005-2006The Young and the RestlessSheila Carter (1990-1995, 2005-2006) Sugar (2005—2006)Soap Opera Digest Award for Outstanding Villainess in a Drama Series — Daytime (1993, 1995)Nominatsiya— Daytime Emmy Award for Outstanding Supporting Actress in a Drama Series (1993)1992-1998, 2002-2003, 2017-2018, 2021-presentThe Bold and the BeautifulSheila CarterSoap Opera Digest Award for Outstanding Villainess in a Drama Series — Daytime (1993)Nominatsiya— Soap Opera Digest Award for Outstanding Villainess in a Drama Series — Daytime (1994, 1996-1997)1997Diagnosis: MurderBarbara BenningsEpizod: „Delusions of Murder“1999Another WorldShelly Clark1999-2002Port CharlesRachel Reese Locke1999-2002General HospitalRachel Reese Locke2003Six Feet UnderSoap actressEpizodlar: „I’m Sorry, I’m Lost“ and „Perfect Circles“2004-2005One Life to LivePaige Miller2010All My ChildrenJudge Mariam2011The BayGrace DrumEpizod: „Far from the Bay Part 8“2018The Rich and the RuthlessDr. Maya Cooper6ta epizod

Manbalar

Havolalar

The Young and the Restless: Joshua Morrow and Kimberlin Brown at Mammoth Mountain Invitational! — The Young and the Restless News — Soaps.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar