Andrea Anders (1975-yil 10-mayda tugʻilgan) — NBC telekanalidagi Joey sitkomida Alex Garrett, CBS telekanalidagi The Class sitcomidagi Nicole Allen va ABCdagi Better Off Ted sitcomidagi Linda Zwordling rollari bilan tanilgan amerikalik aktrisa.

Yoshligi Anders Wiskonsin shtatining Madison shahrida tugʻilgan; U Wiskonsin shtatining DeForest shahrida oʻsgan va hozir Los Angelesda yashaydi. U 1993-yilda mazkur shtatning DeForest shahridagi DeForest hududi oʻrta maktabini tamomlagan. 1997-yilda Wiskonsin-Stevens Point universitetida tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi. 2001-yilda u Rutgers universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini oladi.

Uning akasi rejissor Sean Andersdir.

Faoliyati

Teatrda 2001-yilda Anders oʻz faoliyatini teatrda boshlaydi. U Broadwaydagi Proof pyessasida Mary-Louise Parkerning yordamchisi boʻlgan va keyinchalik The Graduate pyessasida Elaine Robinson rolini oʻynagan. U, shuningdek, Arena Stage On the Jump pyessasida, Guthrie teatrida Doors va ikki marta New York sahnalarida: Cold/Tender va New World Rhapsody pyessalarida paydo boʻlgan.

2007-yil may oyida Anders Geffen Playhouseda Fat Pig spektaklini boshlaydi. U hisobchi Jeannie rolini oʻynaydi. Fat Pig 2007-yil 1-iyulda yopiladi.

Televizion va kinoda Andersning televideniedagi birinchi chiqishlaridan biri Dannon uchun 1990-yillarda, keyin esa 2006-yilda chiqqan reklama roligi boʻlgan.

U, shuningdek, oʻsmir Emily Hoyt sifatida „Law And Order“ning „The Fire This Time“ (2001) epizodida paydo boʻlgan.

Anders advokat Alex Garrett rolida Joey serialida va sobiq futbolchining rafiqasi Nicole Allen rolida The Class TV seriali situatsion komediyasida ishi bilan ajralib turadi. U Joey va The Class seriallarining barcha epizodlarida paydo boʻlgan. Ikkala serial ham qisqa vaqt ichida bekor qilinadi.

Anders shuningdek, One Life to Live, Law & Order, Guiding Light va Tru Calling dasturlarida mehmon sifatida ishtirok etgan. U 2003-yilda HBO telekanalidagi Oz dramasining beshta epizodida Donna Degenhart rolida ishtirok etgan va 2004-yilda Heather rolini Stepford Wives serialida oʻynagan. Anders 2008-yilda Numb3rs TV serialida paydo boʻlgan.

Anders ikkita muvaffaqiyatsiz pilotlar Spellbound va News To Meda paydo boʻladi. 2009—2010-yillarda Anders ABC uchun Viktor Fresco tomonidan yozilgan bir kamerali ish joyidagi satirik komediya boʻlgan Better Off Ted filmida paydo boʻladi.

2011-yilda Anders ijodkor Metthew Perry bilan birga „Mr.Sunshine“ teleserialida rol oʻynaydi. ABC komediyani 2010—11-yilgi televizion mavsum uchun oʻrta mavsum oʻrnini bosuvchi sifatida oladi. 2011-yil may oyida ABC ushbu serialni bekor qiladi.

Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar1998One Life to LiveElaineNomaʼlum epizodlar2003OzDonna Degenhart5ta epizod2004Heather2004News To MeEmma LeedsTelevizion film2004Tru CallingFake Chris Berensen/KathyMehmon2004-2006JoeyAlexis „Alex“ Garrett46ta epizod2005Never Been ThawedChristian Band Slut2006-2007Nicole Allen (née Campbell)19ta epizod2008Numb3rsRena ViningMehmon2008Sex DriveBrandyYordamchi aktrisa2009-2010Better Off TedLinda Zwordling26ta epizod2011Mr. SunshineAlice13ta epizod2011Necessary RoughnessLaura4ta epizod2014Return to ZeroTrishTV Film2014-2015About a BoyJoanne3ta epizod2014-2015Modern FamilyAmber LaFontain4ta epizod2016SpeechlessAudrey1ta epizod20189JKLLauren1ta epizod2018-2020Young SheldonLinda4ta epizod2019Nancy Drew and the Hidden StaircaseHannah2019The Good FightCheryl Lamore2ta epizod2019Mr. MomMegan Anderson11ta epizod2020-21Ted LassoMichelle Lasso3ta epizod2021Cruel SummerJoy Wallis8ta epizod

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Viskonsinda tugʻilgan aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar