Ruslan Yarkulovich Uzoqov (1967-yil, 6 mart, Navoiy, Oʻzbekiston SSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachi; murabbiy.
Klublardagi faoliyati 1967-yil 6-martda Navoiy shahrida tugʻilgan. Futbolni oʻzi tugʻilgan shahardagi BOʻYMda boshlagan. Birinchi murabbiyi R.Ibadulin boʻlgan. Keyinroq „Zarafshon“ (Navoiy) klubining oʻquv-mashgʻulot guruhiga (oʻsha paytdagi yoshlar akademiyasi analogi) oʻtib, klubda 1983-yilgacha oʻynagan. Futboldagi profissional faoliyatini 1984-yili „Zarafshon“ (Navoiy) klubi aʼzosi sifatida boshlagan, 1991-yili „Paxtakor“ jamoasiga qabul qilingan.
1992-yil boshida „Torpedo“(Zaporojye) klubiga taklif qilingan. 1992-yil 23-fevralda „Odessa“ga qarshi Ukraina kubogi 1/16 finali doirasidagi uy uchrashuvida zaporijya klubi safida debyut qilgan. Uchrashuvda Uzoqov asosiy tarkibda maydonga tushirilgan va butun oʻyin davomida maydonda harakat qilgan.
1992-yil 7-martda 1-kichik guruhning 1-turida Simferopolning „Tavriya“ jamoasiga qarshi safarda magʻlubiyatga uchragan (0:2) oʻyinda Premer-ligada debyut qilgan. Uzoqov „Torpedo“ libosida Ukraina chempionatlarida 39 ta, Ukraina kubogida esa 14 ta oʻyin oʻtkazgan. 1993-yilning yozida Donetskning „Shaxtyor“ klubiga oʻtgan. 1993-yil 11-sentabrda Ukraina Premer-ligasining 6-turida Odessaning „Chornomorets“ jamoasiga qarshi uy uchrashuvida gʻalaba qozongan (4:1) „Pitmenlar“ safida debyut qilgan. Uchrashuvda Ruslan 75-daqiqada Sergey Yashchenkoning oʻrniga maydonga tushirilgan. Uzoqov „Shaxtyor“ safida Ukraina chempionatida 3ta oʻyinda, Ukraina kubogida esa ikkita oʻyinda maydonga tushgan.
1995—2004-yillarda „Nosta“ (Novotroitsk) sharafini himoya qilgan. 2002-yilgi mavsumda Ruslan „Gazovik“ safida oʻynagan. 2004-yilda 37 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati 1997—1999-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2005-yilda „Nosta“ TMTMda bolalar murabbiyi lavozimida ishlaganDYuSSh „NOSTA“ pokinul Ruslan Uzakov. 2013-yilning iyulidan 2016-yilning 15-iyuniga qadar „Chelyabinsk“ klubida murabbiy, 2016-yilning 16-iyunidan klub bosh murabbiyi lavozimlarida ishlagan.
Yutuqlari Ukraina chempionati Premer-ligasi: Kumush medal sohibi (1): 1994-yil
Manbalar
Havolalar Uyinchi profili bombarder.narod.ru saytida Uyinchi profili „UKRAЇNSKIY FUTBOL (іstorіya ta statistika)“ saytida Murabbiylik profili soccerway.com saytida Murabbiylik profili soccerpunter.com saytida Murabbiylik profili transfermarkt.com saytida Murabbiylik profili zerozero.pt saytida Murabbiylik profili sportbox.ru saytida Murabbiylik profili bombardir.ru saytida Murabbiylik profili soccer.ru saytida Personalno igral s Kolivanovim, Yuranom, Radchenko
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Navoiy viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Torpedo Zaporizhzhia futbolchilari Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:FC Orenburg futbolchilari Turkum:FC Nosta Novotroitsk futbolchilari Turkum:FC Burevestnik-YuRGUES Shakhty futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari