Zelimxan Djabrailovich Bakayev ( 1996-yil 1-iyulda tugʻilgan) – ingush millatiga mansub rossiyalik yarim himoyachi, Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.
Klubdagi karyerasi U Rossiya Professional Futbol Ligasida 2014-yilning 26-aprelida Moskvaning „Spartak-2“ jamoasida „Metallurg Vyksa“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
U 2015-yil 23-sentabrda Rossiya kubogi doirasida Nijniy Novgorodning „Volga“ klubiga qarshi oʻyinda „Spartak“ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazgan. U 2017-yilning 23-iyulida „Spartak“ safida „Ufa“ ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan.
2018-yilning 1-avgustida u 2018-19-yilgi mavsumda ijara asosida Tulaning „Arsenal“ klubiga oʻtgan.
Ijaradan qaytganidan soʻng, u „Spartak“ uchun dastlabki ikkita golini 2019-yil 8-avgustda Yevropa ligasi saralashida „ FK Thun“ ga qarshi safarda kiritgan. 3 kundan soʻng u Rossiya Premer-ligasidagi ilk ikkita golini „Spartak“ safida Axmat Grozniy ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritigan.
Bakayev 2022-yilning 1-iyunida „Spartak“ni erkin agent sifatida tark etgan.
2022-yilning 15-iyunida Bakayev „Zenit“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va toʻrtinchi yil varianti ham koʻrib chiqilish ehtimoli mavjud edi.
Xalqaro U birinchi marta 2019-yil iyun oyida San-Marino va Kiprga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlari uchun Rossiya milliy futbol jamoasiga chaqirilgan. U 2019-yilning 13-oktabr kuni Yevro—2020 saralashida Kiprga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U 78-daqiqada Aleksey Ionovni oʻrniga maydong tushgan va Rossiya tomonidan kiritilgan uchta goldan birida ishtirok etgan.
U xalqaro miqyosdagi ilk golini 2021-yil 7-sentabr kuni Jahon chempionati saralashida Maltaga qarshi oʻyinda kiritdi va oʻz uyida penaltidan unumli foydalangan.
Yutuqlar
Klub Spartak Moskva
Rossiya kubogi : 2021–22 Rossiya Superkubogi : 2017
Karyera statistikasi KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSpartak-2 Moscow2013–14PFL10–––102015–16FNL101–––1012016–17310––413512017–18103–––103Jami524000041565Spartak Moscow2015–16RPL0020––202017–1850100000602019–202764143–35102020–2123130––2612021–222603271–363Jami8171331140010514Arsenal Tula (loan)2018–19RPL25840––298Karyerada jami158191731144119027
Xalqaro maydondagi gollar Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.07.09.2021 Otkritie Arena, Moskva, RossiyaMalta 2 – 0 2–0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Shaxsiy hayot Uning ukasi Soltmurod Bakayev ham futbolchi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Spartak-2 Moskva futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Arsenal Tula futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:Al Wahda FC klubi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar