Sherdor futbol klubi — Samarqand shahridagi oʻzbek futbol klubi. Klub hozir Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.

Nomlanishi 1990 — Sherdor 2012 — Sherdor-Prestij 2013-yildan hozirga qadar — Sherdor

Tarixi 1990-yilda tashkil etilgandan soʻng SSSR chempionatining Ikkinchi quyi ligasida debyut qiladi va musobaqada soʻngi 20- oʻrindan joy olib turnirni tark etadi.

Oʻsha yili jamoani Aleksandr Masesov va Mixail Oganyan (yarim mavsum)lar boshqargan. Klub rahbari Igor Oganesov boʻlgan.

SSSR chempionatining Ikkinchi quyi liga bahlarida qayd etgan natijasidan keyin klub tarqatib yuboriladi.

2012-yil boshida klub qayta tiklanadi va Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida ishtirok etadi. Ikkinchi liga final bosqichida 4 uchrashuvda 10 ochko jamgʻarib, „B“ guruhida (5 ta jamoa oʻrtasida) 1-oʻrinni egallaydi.

Shu tariqa „Sherdor“ 2013-yilgi Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida toʻp surish huquqini qoʻlga kiritadi.

Klub birinchi ligadagi debyut mavsumida Gʻarbiy guruhdagi 12 ishtirokchi (22 uchrashuv, 11 gʻalaba, 2 durang, 9 magʻlubiyat va 35 ochko) oʻrtasida dastlabki bosqichda 4-oʻrinni egallaydi.

„Sherdor“ jamoasi 16 ta jamoa (30 uchrashuv, 12 gʻalaba, 3 durang, 15 magʻlubiyat va 39 ochko) oʻrtasida 8-oʻrinni egallab final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Oʻsha yili klub Oʻzbekiston kubogida ilk bor ishtirok etadi va birinchi bosqichdayoq Navoiyning „Zarafshonga“ klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etadi.

2014-yil Birinchi liga oʻyinlari 2-mavsum dastlabki bosqichida „Sherdor“ Gʻarbiy guruhidagi 12 ta klub orasida (22 uchrashuv, 8 gʻalaba, 6 durang, 8 magʻlubiyat va 30 ochko) 7-oʻrinni egallaydi.

Yakuniy bosqichda klub 16 jamoa orasida 15 (30 oʻyin, 8 gʻalaba, 5 durang, 17 magʻlubiyat va 29 ochko) oʻrinni egallashiga qaramay, keyingi mavsumda Birinchi liga safida ishtirok etish huquqini oʻzida saqlab qoladi (ushbu bosqichda soʻnggi oʻrinni egallagan jamoa Ikkinchi ligaga ishtirok etmaydi).

2014-yil Oʻzbekiston kubogi bahslarida ikkinchi marta ishtirok etayotgan „Sherdor“ 1-turda Gʻallaoralning „Gʻallakor“ jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichda „Andijon“ jamoasi bilan toʻqnash keladi. Oʻyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan mazkur uchrashuvda „Sherdor“ 3:5 hisobda (oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqti 2:2 hisobida yakunlangan) imkoniyatni boy beradi. Shu tariqa klub chempionatdagi safarini 2-bosqichda yakunlaydi.

2015-yilgi mavsumda Birinchi liganing saralash bosqichida Gʻarbiy guruhdagi 10 ta jamoa orasida Samarqand klubi 9-oʻrinni egallab, Ikkinchi liga tarkibiga qaytishga majbur boʻladi. 2018-yildan buyon „Sherdor“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda.

Yutuqlar Samarqand chempionati chempion (2 karra): 2012, 2017

Samarqand kubogi Samarqand kubogi sohibi (2 karra): 2012, 2016.

Yutuq natijalari Mavsum Turnir Oʻrin Kubok 1990 SSSR Ikkinchi quyi ligasi 20 Ishtirok etmagan 1991-2011 Mavjud emas 2012 Ikkinchi liga 1 (B guruhida) Ishtirok etmagan 2013 Birinchi liga 8 1/32 final 2014 Birinchi liga 15 1/16 final 2015 Birinchi liga 9 (Gʻarbiy guruh) 1/16 final 2016 Ikkinchi liga 4 Ishtirok etmagan 2017 Ikkinchi liga 2 Ishtirok etmagan 2018 B Pro-ligasi 2 1/8 final2019 A Pro-ligasi 7 1/16 final

Stadion Klubning uy arenasi 13 800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadionidir. U 1962-yilda qurib bitkazilgan va ochilgan. 2012-yildagi keng koʻlamli rekonstruksiyaga qadar stadion 16 000 tomoshabinni sigʻdirgan.

Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi bu eng yirik stadion Oʻzbekistonning eng koʻp muxlis tashrif buyuradigan va zamonaviy arenalaridan biri hisoblanadi.

„Dinamo“ stadionida „Sherdor“dan tashqari, Samarqandning eng mashhur klubi — „Dinamo“ ham oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazadi.

„Dinamo“ stadioni

Sigʻimi — 13 800 kishi. Maydon oʻlchami — 112×72 m. Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi.

Brendlar va homiylar MavsumForma ishlab chiqaruvchilarHamkorlarAsosiy homiy1990—2010 AdidasMavjud emas2010—2018 Nike iSamarkand Vendo

King Academy Football textil2019—2021 Football textiliSamarkand King Academy

Arzone Store2025— Sherdor Textile Yuksalish Group

Futbolchilar Hozirgi tarkibi

Klub hodimlari

Murabbiylar shtabi IsmLavozim Feruzbek MahmudjonovBosh murabbiy Hamdam RahmonovYordamchi murabbiy Furqat NamozovMurabbiy Ilhom JabborovShifokot

Nomdor Futbolchilar „Sherdor“ning koʻplab taniqli futbolchilari turli davrlarda toʻp surgan. Quyida „Sherdor“ safida toʻp surgan eng mashhur futbolchilar bilan tanishing.

Oleg Solovyov Bahodir Rahmonov Oleg Gorsiv Erkin Vohidov (futbolchi) Kamo Gazarov Viktor Shustiskiy Mixayl Fomin Farhod Taylyakov Bahodir Taylyakov Toʻychi Rahmatullayev Bahtiyor Rajabov Yevstafiy Popandopulo Zakir Narzullayev Elbek Musayev Vadim Zubkov Seyran Gʻafarov Vitaliy Beglaryan Aleksandr Babayan Suren Adamyan Boris Oganyan Suleyman Abdullayev Sanjar Akramov Shuhrat Murodov Bahtiyor Ochilov Maradona Safarov

Bosh murabbiylar DavrTrener1990 Aleksandr Masesov1990 Mixail Oganyan2012—2014 Sayfullo Sharipov2015— Baxtiyor Sattarov

Yana qarang

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Registon (futbol klubi)

Manbalar

Havolalar Sherdor futbol klubi Footballfacts saytida jamoa tarixi va statistikasi Sherdor futbol klubi Wildstat saytida jamoa tarixi va statistikasi Sherdor futbol klubi Jamoa tarixi va statistikasi

Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Samarqand viloyati futbol klublari Turkum:1990-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar