Eugénie Anne Claudine Le Sommer (1989-yil 18-mayda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Fransiyaning Lyon klubi hamda Fransiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. U asosan kreativ hujumkor yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, lekin oʻz mamlakati uchun koʻpincha ikkinchi hujumchi sifatida oʻynadi.
Le Sommer zamonaviy ayollar futbolida eng koʻp mukofotlangan oʻyinchilardan biri boʻlib, Fransiya terma jamoasi uchun har qanday jinsdagi oʻyinchilardan koʻra koʻproq gol urgan. U Fransiyaning ichki chempionatlarida 10 marta gʻalaba qozongan va Lyon bilan yettita yevrokubokda rekord natijani qoʻlga kiritgan uchta oʻyinchidan biridir.
Yoshligi Le Sommer yetti farzandning biri, besh qiz va ikki oʻgʻil. Uning otasi Thierry nafaqaga chiqishidan oldin politsiyachi boʻlgan. Uning onasi yoshligida futbol oʻynagan.
Karyerasi
Jamoalardagi faoliyati Le Sommer futbol oʻynashni besh yoshida Trelissac FCning ayollar jamoasida boshlagan. Klubdagi toʻrt yillik faoliyatidan soʻng u Brittani viloyatidagi AS Guermeur jamoasiga qoʻshildi. Keyinchalik u mintaqadagi eng yirik klublardan biri Lorientda oʻynadi va klubning yoshlar boʻlimida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi va uning yoshlar jamoasiga 2005-yilda 16 kubok turnirida va 2006-yilda Mozaïc Foot Challengeda gʻalaba qozonishda yordam berdi.
Keyinchalik Le Sommer CNFE Clairefontaine, Clairefontaine akademiyasining ayollar jaoasida qatnashish uchun tanlab olingan. U yerda qisqa vaqt oʻynagach, u D1 Feminine klubi Stade Briochinga qoʻshildi. Sent-Brieuk safidagi debyut mavsumida Le Sommer liganing barcha 22 uchrashuvida maydonga tushib, toʻrtta gol urdi. 2008-09-yilgi mavsumda u 22 oʻyinda 10 ta gol urgan. U Lyon futbolchisi Luiza Necibga toʻpurarlikda yutqazib, UNFPning Yilning eng yaxshi ayol oʻyinchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi.
Le Sommer 2009-10-yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi, va ligadagi dastlabki yettita oʻyinda oʻnta gol urdi, buning natijasida uTuluzaga qarshi 4:5 hisobidagi magʻlubiyatli oʻyinda xet-trik qayd etidi. U mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi va keyingi mavsumda UNFP tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi.
2010-yil 30-iyun kuni Le Sommer uch mavsumdan soʻng sobiq jamoasi Stade Briochinni tark etib, toʻrt karra amaldagi chempion Lyonga qoʻshilishini e’lon qildi.
2020-yil 30-avgust kuni Le Sommer 2019-20-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida Lyonning Volfsburg ustidan 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvida birinchi golni urdi. Bu Le Sommer va Lionning musobaqadagi yettinchi va ketma-ket beshinchi umumiy gʻalabasi boʻldi.
2021-yilning 12-mayida Le Sommer 2021-yilgi mavsum uchun AQSHning OL Reign klubiga ijara asosida oʻtishi ma’lum boʻldi.
Xalqaro karyera Le Sommer 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar jamoalari bilan oʻynagan. 19 yoshgacha boʻlgan jamoa bilan u La Manga kubogining 2007 va 2008-mavsumida, shuningdek, 2007-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida va 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etgan. Fransiya 2007-yil yarim finalga qadar yetib borgan va 2008-yilda guruh bosqichida magʻlub boʻlgan. Keyinchalik Le Sommer 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2008-yilda Chilida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Le Sommer guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Argentinaga qarshi oʻyinda toʻrtta gol urdi va Fransiyani Nigeriyaga qarshi pley-off bosqichiga olib chiqdi. Fransiya 1:2 hisobida ortda borayotganda Nigeriyaga qarshi bahsda Le Sommer 49-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Fransiya Nora Koton-Pélagining oxirgi goli evaziga 3:2 hisobida gʻalaba qozondi, ammo keyingi bosqichda Shimoliy Koreya tomonidan turnirdan yuborildi. Le Sommer turnirning uchinchi eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Bronza toʻp bilan taqdirlandi.
2009-yil 12-fevralda Le Sommer terma jamoadagi debyutini Irlandiya Respublikasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan, u zaxiradan maydonga tushgan. Kiprdagi turnirda toʻrtta oʻyin davomida ikkita gol urgan, milliy terma jamoa bilan doimiy ravishda maydonga tushgandan soʻng, Le Sommer murabbiy Bruno Bini tomonidan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009da oʻynash uchun tanlangan, garchi futbolchi oʻyin davomida jamoa bilan maydonga tushmagan boʻlsa ham. Fransiya chorak finalga qadar Niderlandiyaga penaltilar seriyasida 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va Le Sommer penaltidan zarbasini golga aylantirdi. 2009-yil 23-sentabrda Le Sommer 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bahsida Serbiyaga qarshi oʻzining uchinchi xalqaro golini urdi.
U 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Fransiya terma jamoasida oʻynagan va yarim finalda Yaponiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda bitta gol urgan.
Le Sommer 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi hujumchisi boʻlgan. U 2015-yilning 9-iyunida Angliyaga qarshi oʻyinda Fransiyaning 1:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Shuningdek, u chorak finalda Janubiy Koreya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Fransiyaning 2 ta goliga mualliflik qildi.
U Fransiyaning 2016-yilgi Olimpiada musobaqalarida oʻynadi va guruh bosqichida ikkita gol urdi, bittasi Kolumbiyaga va bittasi Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda.
2020-yil 22-sentabrda Le Sommer Yevro-2021 saralashida Shimoliy Makedoniya ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urib, 82ta gol bilan barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va Marinette Pichonning 81 gollik rekordini yangiladi.
Shaxsiy hayoti Le Sommer 2020-yil 11-avgustda, Fransiya kubogi 2019-20- finalida gʻalaba qozonganidan ikki kun oʻtib, Brittanyda Lyon xodimi Florian Darielga turmushga chiqdi. Marosimda Ada Xegerberg va Korin Franko kabi hozirgi va sobiq jamoadoshlari ishtirok etishdi.
Karyera statistikasi
thumb
thumb
thumb Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolStade Briochin2007–08Division 1 Féminine22410002342008–092110320024122009–10221923002422Jami653365007138Lyon2010–11Division 1 Féminine2017469533282011–122122569935372012–1320206109135312013–142015514126172014–152229544531382015–161810599532242016–171920439632292017–1820176128434332018–191813528631212019–20115326520122020–211871030227Jami20617550547847334276Karyerada jami27120856597847405314
Xalqaro right|thumb|355x355px| Le Sommer 2013-yilda Fransiya terma jamoasida osafida. +Terma jamoa oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Fransiya 2008–09 16 3 2009–10 11 5 2010–11 20 7 2011–12 20 10 2012–13 16 10 2013–14 14 4 2014–15 19 13 2015–16 14 6 2016–17 17 6 2017–18 9 9 2018–19 11 7 2019–20 7 6 2020–21 1 0 Jami 175 86
Yutuqlar
thumb
thumb Lyon
1-divizion Ayollar : 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–2019 Coupe de France Ayollar : 2011–12, 2012–13, 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2018–19, 2019–20 UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2010–11, 2011–12, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20, 2021–22 Klublar oʻrtasidagi xalqaro chempionat : 2012-yil Valais ayollar kubogi : 2014-yil
Fransiya
Kipr kubogi : 2012, 2014 SheBelieves kubogi : 2017-yil
Shaxsiy yutuqlar
FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza toʻpi: 2008-yil UNFP yilning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2009–10, 2014–15 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2015-yil Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi UEFAning 10 taligi: 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18 Algarve kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2015-yil Fransiya milliy chempionatining eng yaxshi hujumchisi: 2009–10, 2011–12, 2016–17 UEFA ayollar chempionlar ligasining eng yaxshi hujumchisi: 2011–12 UEFA ayollar chempionatining yulduzlar jamoasi : 2013-yil FIFPro : FIFA FIFPro World XI 2015 2016
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar