Boliviyaning davlat bayrogʻi 15:22 aspekt nisbati bilan toʻgʻri toʻrtburchakli paneli boʻlib, u uchta teng gorizontal chiziqlardan iborat: yuqori — qizil, oʻrta — sariq va pastki — yashil. Bayroqning markazida Boliviya gerbi tasvirlangan. Bayroq 1851-yilda qabul qilingan. Boliviya dengizga aloqador boʻlmasa ham, mamlakatda daryo va koʻl kemalarida ishlatiladigan dengiz bayrogʻi mavjud. Dengiz bayrogʻidagi toʻqqiz yulduz Boliviyaning toʻqqiz boʻlimini anglatadi, katta yulduz 1884-yilda tinch okean urushi natijasida yoʻqotilgan dengizga chiqish huquqini anglatadi.

Dizayn Boliviya milliy bayrogʻi uch rangli (trikalor) qizil, sariq va yashil ranglari 1:1:1 nisbatda toʻgʻri toʻrtburchak sifatida tasvirlangan, uchta gorizontal chiziqni bildiradi, qizil rang bayroq kengligining uchdan bir qismini egallaydi, bir xil kenglikdan foydalangan holda o'rta tasmada sariq va pastki qismida yashil oxirgi uchdan bir qismini egallaydi.

Boliviya bayrogʻi chiziqlari rangi Boliviya bayrogʻining qizil rangi milliy qahramonlarning qonini, qurbonlik va muhabbatini, sariq — mineral resurslarni, yashil — abadiy umid, rivojlanish va taraqqiyotni anglatadi. SxemaQizilSariqYashilPantone485Process Yellow356RGB218, 41, 28244, 228, 00, 122, 51CMYKC0 M95 Y100 K0C0 M0 Y100 K0C91 M0 Y100 K26Hexadecimal#DA291C#F4E400#007A33

Vipala 2009-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, vipala (Wiphala, Aymar hindularining tarixiy bayrogʻi) Boliviyaning milliy ramzidir va mamlakat ichida davlat bayrogʻi bilan birgalikda ishlatiladi (lekin uni almashtirmasdan). Vipala Boliviya dengiz floti bayrogʻining qanotidaoʻng tomonida tasvirlangan.

Bugungi kunda umume'tirof etilgan bayroqdan farqli o'laroq, Boliviyada dengiz bayrogʻi varianti ham mavjud. Uning chap burchagida siz Boliviyaning uch rangli bayrogʻini va Vipalasini ko'rishingiz mumkin. Elementlar ko'k fonda joylashgan va burchakdagi ikkita bayroq 9 ta sariq kichik besh qirrali yulduz bilan o'ralgan. Markazda esa 10-yulduz joylashgan. Bu yulduz tinch okean urushi natijasida dengizga chiqish yoʻqotilgan huquqini anglatadi.

Manbalar

Turkum:Davlat bayroqlari