Eva Sofia Jakobsson (1990-yil 23-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Milliy ayollar futbol ligasida “ San-Diego Wave ” jamoasi sharafini himoya qiladi. U 2011-yilda Shvetsiya ayollar terma jamoasida debyut qilgan va 2019-yilda 100 - oʻyinda gʻalaba qozongan. Yakobsson oʻz mamlakatini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatida, shuningdek, 2011, 2015 va 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida himoya qilgan. U shuningdek, 2012, 2016 va 2020-yillardagi futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ham Shvetsiya jamoasi tarkibida.

Klubdagi karyera Östers IF uchun ikkinchi divizionda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Jakobsson 2007-yilda 17 yoshida milliy chempion Umeå IK bilan shartnoma imzoladi. Umeada besh mavsum davomida u ikkita chempionat va bir mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi va UEFA ayollar kubogida debyut qildi. Umeå 2009-yildan beri Damallsvenskandagi peshqadamlik va liderlik mavqeini yoʻqotganidan soʻng, Jakobsson yana UEFA ayollar chempionlar ligasida oʻynash uchun Rossiya chempioni WFC Rossiyankaga klubiga koʻchib oʻtdi. Chelsea Jakobsson 2013-yil yanvar oyida Chelsi Ladies bilan shartnoma imzolagan U Birmingem bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda gol muallifiga aylanagan keyingi oʻyinda Doncaster Rovers Bellesga qarshi dubl qayd etdi. U Ayollar Superligasining ketma-ket uchinchi oʻyinida Liverpul Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. U qolgan 8 oʻyinda yana 2 ta gol urib, Eniola Aluko bilan birga Chelseaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi2013 WSL tables in soccerway.com.

BV Cloppenburg Mavsum oxiriga qadar uchta WSL oʻyini qolganda u jamoadoshi Ester bilan birga Germaniya Bundesligasiga koʻchib oʻtdi va yangi porlab kelayotgan BV Cloppenburg jamoasi bilan shartnoma imzoladihttp://www.framba.de/content/index.php?option=com_content&view=article&id=4650:bv-cloppenburg-verpflichtet-sofia-jakobsson-und-ester&catid=118:bundesliga .. 2014-yil iyul oyida Jakobsson Fransiya 1-divizionining Montpellier HSC jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Real Madrid 2019-yil iyul oyida Jakobsson terma jamoadoshi Kosovare Asllani bilan birga oʻsha paytda CD Tacon nomi ostida boʻlgan Ispaniya Primerasining Real Madrid Feminino jamoasiga qoʻshildi. Ispaniyadagi birinchi mavsumida Jakobsson poytaxt klubida eng koʻp gol urdi va eng koʻp golli uzatmani amalga oshirdi 8 gol va 7 golli uzatma.

Bayern Munich

thumb|200px 2021-yilning iyun oyida Jakobsson Real Madridni tark etishini eʼlon qildi. 2021-yil 2-iyulda u Germaniyaning oliy ligasi Frauen-Bundesligada Bavariya bilan shartnoma imzoladi. Jakobsson Bavariya tarkibida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi va 2022-yilning yanvarida Milliy ayollar futbol ligasining Amerika jamoasi San Diego Wave FC bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyera Jakobsson 2011-yilda Shvetsiya terma jamoasida debyut qilgan. U Shvetsiya sharafini uchta Jahon chempionatida (Germaniya - 2011, Kanada - 2015, Fransiya - 2019) va uchta yozgiOlimpiya oʻyinlarida (London - 2012, Rio - 2016, Tokio - 2020) himoya qilgan. Uning jamoasi jahon chempionatining ikkitasida (2011 va 2019) bronza medallariga egalik qilgan boʻlsa, Rioda ham, Tokioda ham kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Jakobsson 2015-yilgi Algarve kubogining eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Shvetsiya terma jamoasi safida toʻrt marta gol urgan.

Jakobsson 2017-yilning yanvarida oʻzining fransuz klubi bilan mashgʻulot oʻtkazayotganda tizzasidan jarohat olgan va bu tufayli Shvetsiya terma jamoasining Ayollar oʻrtasidagi 2017-yilgi Yevro-2017 musobaqasida ishtirok eta olmagan.

2019-yil aprel oyida Jakobsson oʻzining yubiley 100-oʻyinida gʻalaba qozondi va bu voqea Shvetsiyaning Mariya Enzersdorfda Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) urilgan gol bilan tarixga kirdi.

thumb|200px Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Jakobsson Germaniya terma jamoasi hisobda oldinga chiqib olgandan keyin oʻn daqiqa ichida hisobni tenglashtiruvchi gol urdi. Shvetsiya oʻsha oʻyinda 1995-yilgi Jahon chempionatidan keyin yirik turnirda nemislar ustidan birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritib, oʻyinda gʻalaba qozondi. U shuningdek, oʻsha turnirning 3-oʻrin uchun oʻyinida Angliyaga qarshi oʻyinning 22-daqiqasida oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygan.

Sofia Germaniyaga qarshi chorak final va Angliyaga qarshi bronza medali uchun oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Xalqaro maydonda urilgan gollar Gol Oʻyin Sana Joy Raqib Start Daq Hisob Natija Turnir 2013 Yevropa Chempionati 2013-yil 10-iyul Gothenburg Daniya 79-daqiqa 1:1 Guruh bosqich 2013-yil 13-iyul Gothenburg Finlandiya Start 5:0 Guruh bosiqchi 2013-yil 21-iyul Halmstad Islandiya Start 4:0 Chorak finla 2013-yil 24-iyul Gothenburg Germaniya 7-daqiqa 0:1 Yarim final

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar