26-otilmasin — 1966-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida Eduard Arbenov va Lev Nikolayevning „Feniks“ romani asosida rejissor Ravil Botirov tomonidan suratga olingan sovet badiiy filmi.

Filmning premerasi 1967-yil 2-iyunda boʻlib oʻtadi.

1960-yillarning eng mashhur sovet filmlaridan biri razvedkachilar haqida edi. 1967-yilda 32 million 900 ming tomoshabin sabab ushbu film Sovet prokatining yetakchisiga aylanadi.

Syujeti 1943-yil, Berlin. Sovet josusi Turkiston muhojirining yaqinda vafot etgan rahbari M.Shokayaning jiyani Said Islombek deb oʻzini tanishtiradi. Shundan keyin josus idoraviy kelishmovchiliklardan foydalanib, u maxfiy razvedka maktabining instruktori boʻlishga va Sovet qoʻmondonligiga qoʻporuvchilik guruhining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishga muvaffaq boʻladi. U koʻngilli yordamchisi Nadiya Islombek orqali keng koʻlamli operasiya haqidagi maxfiy hujjatlarga ega boʻladi. Dushman razvedkasi defektorlar orasida agent borligini taxmin qilmoqda. Buni sezib qolgan Nadiya (quvgʻindan qochib) derazadan sakrab oʻz joniga qasd qiladi. Shunda Said Islombek dushman qoʻshinini yoʻlini adashtirib oʻzini fosh qilishga majbur boʻladi va buning oqibatida u hayotiga zomin boʻladi.

Rollarda

Toʻgʻon Rejimatov — Said Islombek Svetlana Norboyeva — Nadiya Aleksandr Popov — Alisher Kaarel Karm — Ditrix Igor Klass — Brext Ada Lundver — Rut Javlon Hamroyev — Anvar Garri Liyepinsh — Berg Uldis Dumpis — rezident Styaponas Kosmauskas — Gundt, qoʻporuvchilik maktabi direktori Imantz Crenberg Valentins Skulme — Gestapochi soʻroqda A. Akabirov — Turkiston qoʻmitasi prezidenti

Suratga olish guruhida:

Ssenariy mualliflari: Eduard Arbenov, Lev Nikolaev, Ravil Botirov Rejissor — Ravil Botirov Operator — Traiko Eftimovskiy Bastakor — Rumil Vildanov Rassom — Vadim Dobrin

Adabiyotlar

Jurnal „Sputnik kinozritelya“, iyun 1967 goda. Avtor Tatyana Vasilevna Ivanova.

Mukofotlar Rejissor Ravil Botirov „26-otilmasin“ filmi uchun, aktyor Toʻgʻon Rejimatov Said Islombek roli uchun 1967-yilda Oʻzbekiston Lenin komsomol mukofoti sovrindori boʻlishadi.

Manbalar Turkum:1966-yil filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:Rus tilidagi filmlar Turkum:Oʻzbekfilm kinostudiyasi filmlari

Havolar